Dunyodagi eng keksa oilaning uzoq yashash siri
Shimoliy irlandiyalik 13 nafar aka- uka va opa- singillar o‘z sog‘ligi va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning umumiy yoshi 1073 yilga teng, deb yozmoqda Daily Mail gazetasi.
Donelli oilasi Ginnessning rekordlar kitobiga joriy yilda kiritildi. Aka- ukalarning eng kattasi 93 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 72 ga kirdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, otalaridan uyqudan oldin «issiq nimanidir» iste’mol qilish odati o‘tgan. «Kechki soat 22:00 lar atrofida suli yormasini tanovul qilamiz, ertalabki soat 7 dagi nonushtada ham suli, sut va biroz olma shinnisi tamaddi qilamiz», - deydi aka- ukalarning kichigi Jo.
Nashrning ta’kidlashicha, suli bo‘tqasi qon bosimi, xolesterin darajasini pasaytiradi, yurakni himoya qiladi hamda qandli diabetning oldini oladi.
1 Donelli silasi a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, ular butun hayoti davomida faqatgina tabiiy mahsulotlar o‘z bog‘larida yetishtirilgan meva va sabzavotlar, uy tuxumlarini iste’mol qilganlar. Oilada nonni ham o‘zlari yopishgan, spirtli ichimlikni esa chetlab o‘tishgan.