Dunyo xalqlari oilalarida mehmonnavizlik va qarindoshlik rishtalari qanday?

By Robiya Nuraliyeva, in 2018

Xalqimizning mexmondo‘stligi, bodajonligi, ota- bobolarmizdan meros bo‘lib kelayotgan oilaviy an’analarimiz xakida bugun dunyoning ko‘plab mamlakatalarida yaxshi bilishadi. Yurtimizga kelayotgan sayyohlarni ham eng avvalo turmush tarzimiz, kadriyat va an’analarimiz kiziktirishi tabiiy.
«O‘zbekiston serquyosh mamlakat. Bu yerda dunyodagi eng shirin va lazzatli kovunlar hididan bahramand bo‘lasiz! Qadimiy shaharlar, betakror an’ana- larga boy bu mamlakat - mexnatkash, ochiqko‘ngil, mehmondo‘st, oilaparvar, saxiy odamlar yurti», deb yozgan edi mamlakatimizga kelgan sayyohlardan biri.
Dunyoning boshqa xalqlarida oilaga va mexmonlarga munosabat qanday? Kuyida shu savolga javob topishga harakat qildik.
OTA-ONAGA HURMAT IFODASI
Turkiya: Bu mamlakat xalqi xuddi biz o‘zbeklar singari g’oyatda mehmondo’st. Uyiga kelgan odamni, «Xush keldingiz» deya iliq kutib olishadi. Bunday paytda mehmon: «Xush bildik» deya samimiy javob qaytarishi lozim. Bu mamlakat xonadonlarida mehmon bo‘lgan yevropaliklar: «Barcha Osiyo mamlakatlari oilalariga xos bo‘lgan odat Turkiyada ham mavjud, uyga kirayotgan odam, oyoq kiyimlarini eshik oldida yechib qoldiradi. Uyning ichida maxsus shippaklarda yurish mumkin», deb yozishadi.
Turk oilalariga tashrif buyurgan mehmon albatta, turkcha qahva bilan siylanadi. Tushki yoki kechki ovqatdan sung uy bekasini, ya’ni taom tayyorlagan insonni: «Qo‘lingiz dard ko‘rmasin» deb maqtash odat tusiga aylangan. Turk xalqi mehmonni juda e’zozlaydi. Shuning uchun xalq orasida: «Eshik ortidagi begona ham Xudoning yuborgan mexmoni», kabi iboralar ko‘p tarqalgan. Turklar oilani va qarindoshlarni hamma narsadan ustun qo‘yishadi. Xonadon kattalari ota- ona va akaning mavqeyi juda baland. Ularga hurmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘llarini o‘pishadi.
VAQTNI QADRLAB, HASHAMATNI SUYMAYDIGAN XALQ
Germaniya: Bu mamlakatda kimdir sizni ovqatlanishga yoki qahva ichishga taklif qilsa, aslo rad etmaganingiz ma`qul. Ular buni qo‘pollik sifatida qabul qiladilar. Yig’ilishlarga, uchrashuvlarga kechikib borish nemislarning odob- axloq me’yorlarini buzish bilan teng. Chunki ular soatdek aniq harakatlanishadi. Vaqtni juda ham qadrlashadi. Shu bois ishxonalarda ishchilarning kechikish holatlari deyarli kuzatilmaydi. Mehmonga borayotganda kichikroq sovg’a tanlash kerak. Ular hashamat, qimmat va katta sovg‘alarni unchalik xush ko‘rishmaydi. U yerdan qahva ichmay ketishingiz qiyin. Bu mamlakatda juda ko‘p qahva ichishadi, hattoki, kuniga 6 chashkadan ichish holatlari ham ko‘p kuzatiladi. Qahva ichib uzoq va maroqli suhbat qurishni yoqtirishadi.
DAM OLISH KUNI OTASI QARASIN
Irlandiya: Bu mamlakatda ham oilani muqaddas deb bilishadi. Farzandlarni esa katta ehtirom bilan e’zozlashadi. Ko‘chada begona kichkintoylarni ko‘rib qolishsa, ularga mehrli nigox tashlab, xuddi katta odamlardek samimiy suhbat qurishadi. Uy bekalari farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishlari lozim. Shanba va yakshanba kunlari bu vazifa otalarga yuklatiladi. Hafta oxirida kinoga, parkka va kichik sayohatlarga chiqishlari mumkin. Bu xalkda aka- uka, opa- singillar orasidagi munosabatlar juda mustahkam. Bir- birlaridan uzokda yashash- ni xush ko‘rishmaydi. Xuddi bizning o‘zbeklar singari aka-ukalarning uylari yonma- yon, qo‘shni bo‘lib yashash holatlari ko‘p uchray- di. Ularning farzandlari esa qalin dustlardek birga voyaga yetishadi.
BIR BOLAGA BIR QISHLOQ MAS’UL
Janubiy Afrika: Afrika xalqida qarindoshlarga bo‘lgan munosabat juda mustahkam bo‘lib, xalq ti- lida «xolavachcha», «amakivachcha», «tog’avachcha» kabi suzlar mavjud bo‘lsa ham umuman ishla- tilmas ekan. Bularning o‘rniga «aka-uka», «opa-singil» so‘zlaridan foydalanishadi. Afrikaliklar oilaga buyuk ne’mat sifatida qarashadi. Buvi va buvalar farzandlari, nevaralari bilan birga yashab, bolalarga g‘amxo‘rlik qilishadi, tarbiyalashadi. Uyquga yotishdan oldin kichkintoylarga bir- biridan qiziq ertak va hikoyalar aytib berishadi.
Bu mamlakatda farzand tarbiyasiga aloxida e’tibor beriladi. Xalq tilining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, ularning lug‘atida «begona» so‘zi mavjud emas. Xalqimiz: «Bir bolaga yetti kushni ota-ona» yoki «Bolaning begonasi bo‘lmaydi», degan aqidaga amal qilganidek, afrikaliklar: «Bir bolaga butun qishloq tarbiyachi» deyishadi. Bolaning o‘sib, voyaga yetishi, kasb- hunar egallashida nafaqat ota-onasi, balki qishloq ahli o‘zini mas’ul deb biladi.
OVQATNI CHAPILLATIB YENG
Xitoy: Bu mamlakatga mehmonga borsangiz, albatta, milliy taomlari bilan siylaydilar. Ovqatlanish paytida taomni chapillatib, ovoz chiqarib yeyishingiz kerak. Bu oshpazga xurmatingizni, ya’ni taom sizga manzur bo‘layotganining belgisi hisoblanar ekan.
- Xitoy oilasida to‘ng‘ich farzandning roli nihoyatda katta. Ular uka- singillari tomonidan yetarlicha hurmat qilinadi. Buvi va buvalari bilan birga yashaydigan oilalar juda ko’p. Ota- onalari ishda bo‘lganida, bolalarning tarbiyasi ularning zimmasida. Ular vafot etganida esa suratlari oldiga shamlar yoqib, turli taomlar, tiriklik chog’ida yaxshi ko‘rgan buyumlari qo‘yilib, hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi.