Prezident sovg‘asi topshirildi

By Zebo Haydarova, in 2018

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston tumani markazi Dehqonobod shaharchasidagi «Namuna» mahallasida har birining loyiha qiymati 1 milliard 304 million 715 ming so‘mlikdan ziyod bo‘lgan 32 xonadonga mo‘ljallangan 2 ta 2 qavatli uy eHtiyojmand oilalarga topshirildi .
Shu kungacha tumandagi «Ibrat» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilgan 2- guruh nogironi Jamoliddin Xoljigitov, «Ibrat «mahallasining yana bir fuqarosi Iroda Nishonboeva, Guliston tumani «Boyo-vut» suv iste’molchilar uyushmasi hududida istiqomat kilib kelgan 2- guruh nogironi Botir Umarov oilasiga ham Prezidentimiz sovg‘asi yangi uyning kalitlari topshirildi.
Viloyatda ana shunday uylarning yana 6 tasi joriy yilning o‘zida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shahar va tumanlardagi bo‘sh turgan binolar qayta ta’mirdan chiqarilib, 2017- 2018 yillarda ehtiyojmand, uy- joyga muhtoj oilalarga berilishi ham nazarda tutilgan.
Kunning ikkinchi yarmida Guliston shahridagi «Navro'z» to‘yxonasida nogiron, mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan yana 31 nafar fuqarolarga mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yangi zamonaviy arzonlashtirilgan uylarning boshlang‘ich badali to‘langani to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, 34 nafar fuqaroga nogironlar aravachasi, eshitish moslamasi, qo‘ltiqtayoq, hassalar berildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofirjon Mirzayev so‘zga chiqdi.