Ro’yi bir , bo’yi bo’lak
Pul - kundalik hayotimizda eng zarur muomala vositasi. Har kim uni o‘zicha qadrlaydi. Kimdir bankda saklaydi, boshqa birov uyi yoki ishxonasidagi seyfda... Sandiqda yoki yostig‘ining ostida asrashni ma’qul ko‘radiganlar ham bor. Ayrimlar yangi va yirik pullarni ehtiyotlab olib qo‘yadi-da, eskirgan, maydaroq pullarni kundalik ehtiyojiga atab, cho‘ntagiga solib yuradi. Xullas, yirikmi, maydami, eskimi, yangimi pulning bo‘lgani yaxshi.
Mabodo bo‘lmay qolsa-chi? Ayrim azamatlar buning ham chorasini topishibdi. Xo‘sh, u qanday chora ekan, deysizmi?
Kuni kecha dorixonaga kirib, sotuvchining miriqib kulayotgani ustidan chiqdim. Qo‘liga 5000 hamda 200 so‘mlik pulni ushlab olgan. -Hozirgina chiqib ketgan mijozim, boplab chuv tushiribdi, 1 dedi u. O‘n ming so‘mga dori olib, qo‘limga pulni tutqazdi. Dorini beribman- u, pullarni sanamay, stol ustiga qo’yibman. Mijoz ketganidan so‘ng qarasam, besh ming so‘mlik pulning ichiga ikki yuz so‘mlikni o‘rab qo‘yibdi. Yaxshilab e’tibor bersam, yangi 200 so‘mlik 5000 so‘mlikdan ko‘pam farq qilmas ekan.
Qo‘yliq bozorida ham xuddi shunga o‘xshash voqeaning guvohi bo‘ldim. Sotuvchi bilan uch kilogramm shaftolini o‘n ming so‘mga kelishib, - unga ikkita besh ming so‘mlikni tutqazdim. Sotuvchi amaki pullarni qo‘liga olib, uyoq- buyog‘ini yaxshilab tekshirgach, cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Tunov kuni bir shovvoz ikkita besh mingtalik o‘rniga ikki yuz so‘mlik tashlab ketibdi, - dedi sinchkovligidan xijolat tortib. - Kech tushib qolgani uchun e’tibor bermabman. Uyga borib, savdodan tushgan pullarni sana- sam, o‘n ming so‘m kam chiqdi. Rosa uylandim, ikki uch marta hisob- kitob qildim. O‘ylay- o‘ylay aldanganimni angladim. Ilgari pulning rangi, qanchaligiga e’tibor bermasdim. Shundan buyon 200 so‘mlikdan cho‘chib qoldim.