Tarbiyaga muhtoj „tarbiyachi“lar

By Nigora Rahmonova, in 2017

Bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’- lim muassasalaridan o‘z ish uslubini tubdan o‘zgartirish talab etilmokda. Bu- haqli talab. Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrda qabul qilingan «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi va ta’- lim-tarbiya samaradorligini oshirishga keng yo‘l ochdi. Natijada bolajonlarning ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom ulg‘ayishlari uchun kulay sharoitlarga ega zamonaviy bog‘chalar soni kundan kun- ga ortib bormokda.
Biroq haligacha eskicha uslubda ishlashdan voz kecha olmagan, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan, lokayd tarbiyachilar ham afsuski, yo‘q emas...
HUQUQI POYMOL ETILSA...
«Yaqinda singlim uch yashar qizchasini bolalar bogchasiga berib, o‘zi ishga kaytdi. Bir-ikki haftadan so‘ng jiyanim bogchaga bormayman, deb xarxasha qila boshladi. So‘rab-surishtirsak, bogchadan bezishining sababi bor ekan. Norasida go‘daklar ayb ish qilib qo‘ysa, tarbiyachi turtkilab, baqirib, qo‘rqitarkan. Bola huquqlari poymol etilganida qayerga murojaat qilish kerak?
Sadoqat, Toshkent shahri»
TANBEHDAN XULOSA CHIQARDI
Ra’no EGAMBERDIEVA, Shayxontohur tumani, Jararik mahallasining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari buyicha maslahatchisi:
-Bundan o‘ttiz yil muqaddam hayotimda shunday voqea sodir bo‘lgan: besh yoshli kenjatoy qizim bir kuni bolalar bogchasidan uyga badani ko‘kargan holatda kirib keldi. Ma’ lum bo‘lishicha, tushlikdan so‘ng qizim uxlashni xohlamay to‘polon qilgan. Tarbiyachi tashqariga chiqib ketganida o‘rtoqlari bilan sakrab o‘ynagan. Xonaga kirgan bogcha opasi qizimni jaxl bilan itarib yuborgan. Ertasiga ertalab bog‘cha mudirasiga bulib o‘tgan voqeani aytib berdim. Mudira tarbiyachini chaqirdi. Bog‘cha opa bo- lani urishganini, tanbeh berganini tan oldi, lekin itarib yubormadim. O‘zi yiqilgandir, deb aybidan tondi. Shu voqeadan so‘ng mudira uni katta guruxdagi bolalar bo‘limiga o‘tkazdi.
Ilgari biz bunday hollarda andisha qilib, ko‘p narsalarni oshkor gapirmasdik. Hozirgi yoshlar haq-huquqlarini yaxshi bilishadi. Bolasiga birov ozor bersa, darrov mutasaddi idoralarga bu haqda xabar kilishadi. Yoshlarning bu odatini to‘g‘ri, deb bilaman va ularni yoqlayman. Chunki andisha qilib yoki Men senga tegmayman, sen menga tegma kabilida ish ko‘rib, xatolar va noxushliklarga panja ortidan karasak, ertaga muammoning jabrini tortuvchi o‘z farzandimiz yoki nevaramiz bo‘lib chiqishi mumkin. Ayrim beandisha tarbiyachilar esa norasidalarga zug‘um o‘tkazishda davom etaveradi. Agar bir-ikki marta ogoxlantirish olganidan keyin ham tarbiyachi yomon odatlarini takrorlasa, demak, u bolalar bilan ishlashga noloyiq. Unday tarbiyachidan voz kechish yoki unga nisbatan jiddiy chora ko‘rish, shart deb hisoblayman.
OYLIK MAOShIDAN 30 FOIZ JARIMA UNDIRILADI
Nargiza RASULOVA, Chilonzor tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi uslubchisi:
Bugungi kunda har bir bog‘chada «Ota-onalar bilan muloqot xonasi» mavjud. U yerda mudira ota-onalarning fikri, shikoyat hamda arizalarini qabul qiladi. Bordiyu tarbiyachi bolaga nisbatan nokonuniy ish qilgan bo‘lsa, birinchi navbatda mudira tomonidan chora ko‘rilib, ogohlantirish, ya’ni xayfsan beriladi va bu buyruq shaklida yozilib, tarbiyachining hujjatlariga tirkab kuyiladi. Bogcha opa tomonidan yana bolaning huquqi poymol etilsa, oylik maoshidan 30 foiz jarima undirish Mehnat qonunchiligida belgilangan.
VIJDON AZOBIDA QIYNALAMAN
Gulnora OMONOVA, Toshkent shahri:
-Farzandim ikki yoshu, to‘rt oylik. Eng kichik guruhda tarbi- yalanadi. Yaqinda ishdan so‘ng uni olish uchun borib, tarbiyachining ishtonini ho‘l qilib qo‘ygan bola- kayga baqirayotgani ustidan chikib koldim. Mittivoy shunaqa javdirab turardi-ki... Bog‘cha opa meni kurib, avvaliga biroz o‘ng‘aysizlandi. Sung o‘zini darrov qo‘lga olib, o‘g‘limni erkalatib, maqtay boshladi. O‘sha paytda: «u bola o‘g‘lim emas-ku, menga nima», degan o‘yda bog‘cha opaga e’tiroz bildirmaganim, «Bunaqada bolaning kunglini sindirib qo‘yasiz-ku», deb tanbex bermaganim, bolakayning yonini olish o‘rniga o‘z tinchimni o‘ylaganim uchun vijdonim qiynaladi: «Bog‘cha opasi mening bolamga ham shunaqa zug‘um qilsachi», degan uyda xavotirlanib yuraman.
ONASIGA ACHCHIQ QILIB...
Salima HUSANOVA, uy bekasi:
- Bundan uch yil ilgari o‘g‘limning guruhida ham shunday holat yuz berdi. Ta’mirlashga pul yig‘ish masalasida bolalardan birining onasi bilan tortishib qolgan tarbiyachi oliy ma’lumotli bo‘lsa-da, ma’naviyati unchalik yuqori emasligini oshkor etib kuydi. U onasiga achchiq qilib bolani har kuni 2 soat burchakka turg‘azib qo’ygan. O‘rtoqlari bilan o‘ynagisi suv ichkisi, hojatga chiqqisi kelsa ham ruxsat bermagan. Yoz kunlarining birida tarbiyachi bolalarni hovlidagi hovuzga cho‘miltirish uchun olib chiqadi. Haligi bolani esa xonada koldirib, ustidan qulflab qo‘yadi. Bolaning onasi o‘g‘lini olib ketish uchun tasodifan ertaroq kelib qoladi-yu, voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Tarbiyachi: «Agar urganimni onangga aytsang, o‘ldiraman, deb bolakayning qo‘liga nina tiqib qo‘rqitarkan. Shu sabab bola dardini ichiga yutib yurgan.
O‘sha kuniyoq ona mudiraning yoniga kirib, voqeani aytgan, Tarbiyachiga xayfsan e’lon kilingan. U bir muddat o‘zining hurmacha qiliqlarini qilmay, muloyim bo‘lib yurgan. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas deganlaridek, yana aski odatini boshlagan. Quturgan bog‘cha opani tartibga solish uchun ona ichki ishlar: boshqarmasi xodimlariga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Ularning aralashuvi bilan tarbiyachi ishdan olib tashlandi. Ammo oradan ikki yil o’tgach, mudira yana o‘sha tarbiyachini ishga qaytarib oladi...
ODAMOVI BO‘LIB QOLADI
Muzayamxon FARMONOVA, Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi katta ilmiy xodimi:
-Agar tarbiyachi befarq, bemehr bo‘lsa, bolada salbiy illatlarni shakllantirishi hech gap emas. Bunday tarbiyachi uzi bilmagan holda bolaning sog‘ligiga, erkin fikrlashiga, rivojlanishiga salbiy ta`sir ko‘rsatadi Ba’zi bog‘cha opalar qo’pol, qattiqqo‘l, xaddan ziyod talabchan, baqiroq bo‘ladi. Bunday munosabatni kurib o‘sgan bola ko‘pincha ko‘rkok, o‘z fikrini bayon qilib bera olmaydigan, odamovi, yig’loki, tajang, uyidagi yaqinlariga ham jaxl bilan gapiradigan bo’lib qoladi. Keyinchalik, ko‘zini pirillatadigan, uyqusi bezovta, ayrim hollarda o‘rniga siyi ko‘yadigan, oldi olinmasa, duduk bo‘lib qolishi ham mumkin. Maktabgacha bo‘lgan yoshda bolaga nihoyatda mehr-muhabbatli, shirin muomalali bo‘lish talab etiladi. Psixologlarning kuzatuvlariga ko‘ra, maktabgacha yoshda bolalar mehrga to‘ymasa, keyingi bosqichlarda 100 foizdan ortiq mehr berilsa ham o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas ekan.
Shu bois, ota-onalar nihoyatda ziyrak bo’lishi, farzandi borayotgan ta’lim muassasalari bilan bevosita aloqa o‘rnatishi, bolaga ko‘proq ahamiyat berishi maqsadga muvofiqdir.
MUOMALA MADANIYATI O‘RGATILADI
Dilnoza KODIROVA, Sergeli tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi uslubchisi:
-Bolalarni urish u yoqda tursin, xattoki, baqirib muomala qilishga bogcha opalarning haqi yo‘q. Agar uyida muammosi bo‘lsa, tarbiyachi avval uni bartaraf etib, so‘ng bolalarga yuzlanishi zarur. Ayrim yoshi o‘tgan tarbiyachilar bu sohada ishlab charchaganini ro‘kach qilishadi. Biz ularga ishdan bo’shab, uyda o‘tirishni maslahat beramiz. Sogligi joyida bo‘lmagan xodimni bolalar bilan ishlashi oson emas. Tarbiyachi muomalada og‘ir-vazmin, muloyim, ishda esa chaqqon bo‘lishi zarur. Ota-onalar bilan ishlash ham, ulardan katta sabr-qanoat talab kiladi. Tarbiyachilarning mas’uliyatini oshirish, muomala madaniyatini o‘rgatish, bola bilan yanada yaqin bo‘lishiga erishish bizning asosiy maqsadimiz. Shu bois har haftada metodik uyushmamiz orqali mudiralar, tarbiyachilar, psixolog, musiqachilar bilan hamkorlikda seminarlar uyushtirib boramiz.
Yuqoridagi fikrlar orqali xamma bogchalarda shunday johil, bemehr tarbiyachilar ishlaydi, demokchi emasmiz. Bolalarni o‘z farzandidek yaxshi ko‘rib, bag’riga bosib, mehrini qozongan tarbiyachilar juda ko‘p. Ammo guruch orasida kurmaklar ham yo’q emas-da!