Dasturlashtirilgan bolalar (yoxud dilbandingizni bolaligidan maxrum qilmang)

By Umida Adizova, in 2017

Buvisinikiga mehmonga borgan bolakayning uydan qochib ketishi tafsilotlari bilan boshlanadigan «Katta bo‘lishni xohlamayman!» badiiy filmini bolaligimizda yayrab tomosha qilganmiz. Hatto film qahramoni Pavlikka o‘xshab uydan qochib ketib, teleekranda she’r o‘qib, ota-onamizni qoyil qoldirishni ham o‘ylaganmiz. Ulg‘ayib, hayotga qarashlarimiz o‘zgargach, bu filmni avvalgiday hayajon va kuvnoklik bilan emas, ko‘ngilda og‘riq bilan tomosha qiladigan bo‘ldik.
Bugungi kunda ham: «Katta bo‘lsang zo‘r bo‘lasan!», «Senga hamma havas qiladi!» «Besh-oltita xorijiy tilni o‘rganishing shart!», «Har bir daqiqani zoye ket- kazma!» deya, kattalarning o‘ziga ham og‘irlik qiladigan talablarni murg‘akkina farzandi zimmasiga yuklab yashayotgan ota-onalar bor. To‘g‘ri, bolalarimiz bizdan ko‘ra bilimli, aqlli, dono va baxtli bo‘lishlarini istaymiz. Shunday bo‘lsin, ilohim! Lekin bu istagimiz jigarbandlarimizni bolaligidan mahrum qilish evaziga bo‘lmasligi lozim.
BIRINCHI VOQEA
Ziyoli oilada tug‘ilgani uchun juda erta harf tanidi. To‘rt yoshida murakkab matnlarni ham qiynalmay o‘qir, qushuv-ayiruv amallarini bajara olardi. Besh yarim yoshida maktab ma’muriyati bolakayning iqtidorini ko‘rib, imtihon asosida ikkinchi sinfga qabul kildi. Bola qiyqirib sinfxonasiga kirdi-yu, xafsalasi pir bo‘ldi. Maktab degani bog‘chasiga umuman o‘xshamas ekan. Bolalar partaga qo‘llarini ustma- ust kuyib o‘tirishadi. Faqat o‘qishadi, yozishadi. O‘yin uynash uchun besh daqiqa vaqt beriladi. Bog‘chasida uyinga vaqt ko‘p edi, o‘yindan charchasa, ertak o‘qirdi.
Bir-ikki marta o‘yinqaroqlik qilib, darsga kirmagandi, o‘qituvchi qulog‘idan cho‘zib, dakki berdi. Qorni ochsa, bog‘cha opasi pechene berardi. Maktabda: «Tanaffusda ovqatlanasan!» deb urishishdi. Unga maktab yoqmadi. Ertalab opa-akasiga qo‘shilib borar, hamma darsga kirgach, sekin qochib ketardi. Bu ishi uchun ota-onasi, o‘qituvchisidan dakki-dashnom eshitaverib, maktabdan bezib qoldi.
Bolaligini armon bilan eslaydigan o‘sha bola jamiyatda o‘z o‘rnini topgan bo‘lsa-da: «O‘shanda yoshim yetmaganiga karamay, meni maktabga berishmaganida, balki bugun boshqacha muvaffaqiyatlarga erisharmi- dim? Bolaligimda tengdoshlarimdan bir necha qadam ilgarilab ketgan bo‘lsam-da, hozir ayrim tengdoshla- rimdan ortda qolganman», deb yozg‘iradi...
«Allox taolo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomon- ni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan bulur. Kush uyasida ko‘rganini qilar».
Abdulla Avloniy, «Turkiy Guliston yoxud axloqadan»,
FARZANDLARIMGA QIYIN...
Bolalarimga qarab, ko‘nglim buziladi. Bolalik- ning begubor damlarini his qilmay, o‘sishyapti. Er- talab maktabga chopishadi. Darsdan keyin ingliz, rus tili, matematika fanlaridan qo‘shimcha mashg‘ulotlar, futbol, gimnastika, tennis, shaxmat to‘garaklariga katnashadi. Kechga tomon uyga kela solib, chala-chulpa ovkatlangach, yana dars qilishga sho‘ng‘ishadi. O‘g‘il- qizimning jussasi yoshiga nisbatan kichik, nimjongina ko‘rinadi.
Ularga rahmim keladi. Mashgulotlarga qo‘ymay desam, hamma o‘rtoqlari qatnashadi, bolalarimning kungli uksib qoladi. Bir paytlar biz ham bola bo‘lganmiz, maktabda o‘qiganmiz, o‘rni kelsa, til o‘rganganmiz, oliy o‘quv yurtiga o‘z bilimimiz bilan o‘qishga qabul qilinganmiz. Lekin ota-onamiz 4-5 yoshimizdan turli mashg‘ulotlarga bizni sudrashma- gan. Maktabda hamma fandan a’lo o‘qishga harakat kilardim. Ona tili va adabiyoti fanidan olim- piadalarda g‘olib bo‘lganim, insholar tanlovida muntazam qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallaganim uchun shu yo‘nalishdan borganman. Bolalarim til o‘rganyapti, sport bilan shug‘ullanyapti, o‘qiyapti lekin bola bo‘lmayapti...»
Muazzam, Farg‘ona shahri
«Yoshligida umid qilishni, sevishki v xayotga ishonch bilan boqishni bilmagan odamga umr xayf»
Jozef Konrad,
RUXLANTIRING, BIROQ,
Bola tarbiyasida haddan ortiq qattiqqo‘llik va talabchanlik zulmga aylanishini unutmaslik lozim. Xorij mutaxassislarining ta’kidlashicha, samimiy oilaviy muhitda o‘tgan bolalik baxtli kela- jakning bosh mezoni ekan. Bunda ota-onaning o‘ziga to‘q yoki kambag‘alligining ahamiyati yo‘q. Samimiy xonadonlar vakillari nisbatan kuchliroq bo‘ladilar.
Mehr-muhabbatga to‘la tarbiya farzandning hayotiy, kasbiy muvaffaqiyati, uzoq va mazmunli umr kechirishida muhim omil ekan. Bolalikda mexrga to‘yganlar boshqalarga nisbatan 50 foiz ko‘proq daromad topish imkoniga ega bo‘larkan. Shuningdek, keksayganda ham boshqalarga nisbatan 5 marta ko‘proq mehr- oqibat va e’zoz-ikromni his etib yashasharkan.
Yoshligida mehrga tashna bo‘lib ulgayganlarda esa boshqalarga qaraganda ruhiy kasalliklarga chalinish (tushkunlik, ichkilikbozlik va boshqalar) ehtimoli 3 marta ko’prok uchrarkan. Ular dorilarga ko‘proq ehtiyoj sezib, shifokorlarga ko‘proq murojaat qilisharkan.
IKKINCHI VOQEA
Hovlida o‘ynab yurgandi, ombor darchasining siniq oynasiga ko‘zi tushdi. Bir joydan ortiqcha oyna topib, darchaga bir amallab o‘rnatdi. So‘ng qilgan ishidan g’ururlanib otasiga termildi..
- Usta ekansiz-ku, o‘g‘lim!
Kamgap va jiddiy otasining shu bir og‘iz e’ti- rofidan yuragi gururga to‘ldi. Ana shu voqea uning kelajagini belgiladi. Hozir u nomdor, qo‘li gul usta-duradgor.
«HAR ISHNING VAQT-SOATI BOR.
Gulrux Rahimova, ruhshunos-pedagog:
- Bolani iktidori, salohiyatiga ko‘ra yo‘naltirish, qo‘llab-quvvatlash, bilim olishi uchun imkoniyat yara- tib berish yaxshi. Ammo me’yorga amal qilgan ma’qul. Ayrimlar bolasini besh-olti yoshdan maktabga beradi. Go‘yoki shu bilan vaqtdan yutmoqchi bo‘ladi. Xo‘sh, vaqtdan yutdi ham deylik, bola olti yoshdan maktabga chikkani bilan o‘quv dasturini o‘zlashtirishda qiynaladi. Aytaylik, kuchli iqtidori bilan o‘zidan katta sinfdoshlaridan ham o‘zib ketishi mumkin. Lekin unda keyinchalik o‘z-o‘zidan qoniqmaslik xissi paydo bo‘ladi. Masalan, sinfdoshlari undan katta bolalar, uning tengdoshlari esa bog‘chada o‘ynayapti. Tengdoshlari bilan o‘ynagisi keladi. O‘quvchilik hayoti unga zerikarli tuyuladi. Bu holat bolaning jismoniy va aqliy kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda ota-ona bolasining ruhiy xolati bilan qiziqmay undan yaxshi o‘qishni, Darslarni o‘zlashtirishni talab qiladi. Bolani hech bo‘lmaganida yetti yoshgacha o‘z holiga qo‘ygan ma’qul deb o‘ylayman. O‘rni bilan she’rlar yodlatish, qo‘shiq ayttirish, raqsga tushirish, boringki, xorijiy tillardan ham sodda so‘zlarni o‘rgatib borish mumkin. Lekin maktab yoshiga yetmagan bolaga majburlab o‘qish-yozishni, matematika amallari va xorijiy tillarni o‘rgatish bilan uni ruhan toliqtirib qo‘yish yaramaydi. Bola bolaligini qilsin. Bolaga maqsad berish darkor. U juda kichkinaligidan nimaga qiziqishini ilg‘ab iqtidorini yo‘naltirib tarbiyalash samarali. Ammo bolani bolaligidan mahrum qiladigan dasturga tobe qilish yaxshi emas.
SO’NGSO’Z O’RNIDA
Farzandlarimiz hayotimiz davomchilari, umrimizning iqbol chiroqlari. Orzu-umidlarimiz, ezgu niyatlarimiz bolalarimiz, ularning kelajagi bilan bog‘liq. Baxtiyor bolalik zavqini tuyib, poshsholik davrini ko‘tarinki ruh, katta orzu-maqsadlar og‘ushida o‘tkazgan bola jamiyatta baxtiyor inson bo‘lib qo‘shiladi.