Dunyoning jajji vosrislari

By Shahnoza To‘raxo‘jaeva, in 2017

Bolalar bilan hayotimiz zavqli. Ularni tarbiyalashda xar bir xalkning o‘ziga xos qadriyatlari bor.
O‘ZBEKISTON: ODAMIYLIK ILMIN O‘RGANSIN!
Bizning bolajon xalqimiz uchun oilada farzand tug‘ilishi bayramga aylanadi. Bolalik poshsholikka qiyoslanadi.
Eng yaxshi narsalarni bolalarga ilinamiz. Ular chin ma’noda xonadonlarimizning quvonchlaridir. Yosh Bolaga «siz»lab murojaat qilinadi. Bu mehr ifodasigina bo‘lib qolmay, balki unga odob o‘rgatishda ham qo‘l keladi. Bolaning tili chiqqanidan boshlab... unga shirinsuxanlik o‘rgatiladi. Biror yomon so‘zni ko‘llay boshlasa, so‘zining xunuk ekani muloyimlik bilan tushun- tiriladi. Bola pand-nasihatdan ko‘ra, kattalarning xatti-harakatlaridan andoza olib tarbiyalanadi. Shuning uchun ham o‘zbek oilalarida bola- ning oldida nojoiz so‘zlar gapirish, so‘kinish, nashoyista harakatlar qilish koralanadi. O‘zbekona tamoyilga ko‘ra kizlar va o‘g‘il bolalar uchun alohida tarbiya usullari mavjud. Ming yillar, davomida sayqal topib kelayotgan bu kadriyatlar zamirida, andisha, odob va atrofdagilarga hurmat shakllangan. Elimizning yana bir go‘zal odati bor - farzandini bolalikdan mehnatga o‘rgatadi. Mehnatsevarlik ruhida tarbiyalangan bola katta bo‘lgani sari siyratida insoniy fazilatlar tako- millashib boraveradi. Yoshligidan ota- onani, kattalarni, qo‘ni-qo‘shnilarni Xurmat qilishga o‘rgatish bilan, ularni asta-sekin jamiyatga moslashtirib boramiz va eng yorug orzu-umidlarni o‘g‘il-qizlarimizga bog‘laymiz.
Boshka mamlakatlarda-chi, kela- jakning jajji vorislari qanday tarbiyalanadi? Quyida shu haqda hikoya qilamiz
GOLLANDIYA: BAXTLI ENG KICHKINTOYLAR
Bu mamlakatda tug‘ilishi bilanoq farzandga shaxs sifatida qaraladi. Bolalarga baqirish, ayniqsa, ularni urish mumkin emas (Buning uchun ota-onalik huquqidan mahrum etiladi). Bolalar erkin va jur’atli etib tarbiyalanadi. Shu sababli har kanday kichkintoy tanishu notanish kimsa (masalan, avtobus haydovchisi, sotuvchi) bilan bemalol suhbatlashib ketaveradi. Kattalar notanish bo‘lsa-da, kichkintoy- ning savollariga e’tibor bilan javob beradilar. Gollandiyada bolalarning xukuki yuqori darajada himoya qilingan, ular uchun hamma sharoitlar yaratib berilgan. Ammo intizom masalasi qattiq qo‘yilgan. Bolalar juda erta-kechki soat 7-8 larda uyquga yotishadi. Kattalar esa soat 22-23 da. O‘yinchoklar faqat bayram yoki biror kattaroq sabab tufayli olib beriladi. Ularga Huquqiy bilimlar yoshligidanoq yaxshilab o‘rgatiladi hamda qat’iy amal qilish malakasi singdiriladi. Shu sababli gollandlar qonunni xurmat kiluvchi inson bo‘lib voyaga yetishadi. SHVETSIYA: «URA, SHANBA! SHIRINLIK YESAK BO‘LADI!» Shvesiyada bolalarga jismoniy jazo berish 1979 yildan qonun tomo- nidan ta’qiqlangan. Shved ota-ona- lari farzandlarini erkin uslubda tarbiyalab, ular bilan tengdoshdek muomala qiladilar. Bola bogchaga borganida bog‘cha opasi ham u bilan xuddi o‘z tengidek muloqot qiladi. Bolani kichkina deb kamsitish, erkinligini cheklash umuman mumkin emas. Doim yosh bolaning fikrini tinglashadi. U bilan hisoblashishadi. Ammo bolalarga hamma narsa mumkin degani emas. Ular shirinlikni qat’iy cheklov bilan iste’mol qilishadi. Kichkintoylar faqat shanba kunlari bunday siylovga ega bo‘lishlari mumkin. Shu sabab, shanba kunlari do‘konlarning shirinlik sotiladigan bo‘limlarida yosh bolalar ko‘p bo‘ladi. Bunday munosabat ular orasida kariesning ancha kamayishiga olib keldi. Bundan tashqari, bog‘chadayoq bolalar pichoq va sanchki bilan ovqatlanishadi.
ITALIYA: FARZANDIM QUYOSHIM
Italiyada bola go‘yo quyosh bo‘lsa, qolganlar uning atrofida aylanadigan sayyoralardir. Uni bu qadar avaylab-ardoqlanishiga havas qilsa buladi. Ota-ona bolaning qiziqishlari, in tilishlari, har bir xatti-harakati, gap-so‘zidan zavqlanadi va buni erinmay muhokama qiladi. Maktablarda uning murgak ruhiyatiga zarar yet- kazmaslik uchun uzoq vaqtgacha baho qo‘yilmaydi. Uyda esa bolaga umuman ish buyurilmaydi. Qiz bolalar-ku, u-bu ro‘zg‘or ishlariga qarashib turishlari mumkin, ammo o‘g‘il bolalar umuman hech ish qilishmaydi. Oilada farzand tarbiyasida ona asosiy rol o‘ynaydi. U xuddi ona tovuq jo‘jalarini qanotlari ostida saqlagandek, bolalarini bir dasturxon atrofida jam qilib o‘tirishni yaxshi ko‘radi. Shu sababli Italiyada boshqa Yevropa mamlakatlaridan farqli ravishda o‘g‘illar yoshi o‘ttizdan oshsa ham, onasi bilan yashaydi. Italiyaliklar oilaviy mehmondorchilikni yaxshi ko‘rishadi: bugun biz siznikiga mehmonga boramiz. ertaga javoban siz biznikiga, indinga hammamiz falonchinikiga qabilida umrguzaronlik qilishadi.
QOZOG‘ISTON: TO‘NG‘ICHLAR BUVIYU BOBOLAR TARBIYASIDA
Qozoqlarda to‘ng‘ich farzandni buvi va boboning tarbiyasiga berish odati bor. Bola 13-14 yoshgacha, ba’zan esa bir umr ular bilan yashab qolishi mumkin. Kun kelib, u oilasiga qaytganida, o‘zining to‘ng‘ichligini his qiladi, uka va singillariga tirgak, himoyachi bo‘ladi. Shuningdek, to‘ng‘ichlarga oilada ko‘proq huquq va imtiyozlar beriladi. Chunki buvisi va bobosi uni shunday ruxda tarbiyalashgan. Xo‘sh, bu an’ana bolalarni baxtli qiladimi? Bu borada qozoqlarning o‘zi yakdil emas. Agar tarbiya mexr-muhabbat asosiga qurilsa, ha, bordi-yu shunchaki katta avlodning kichiklar ustidan cheksiz hukmronligi ustiga qurilsa, yo‘q
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI: KATTA AVLODGA HURMAT
Arablarda oilada o‘rtacha 10 nafardan farzand bor. Bu, albatta, yaxshi. Bunday katta oilada tarbiya ko‘rgan Bola aka-ukalariyu opa-singillariga mehr-oqibatli, oilaviy an’analarga sadokatli bo‘lib ulg‘ayadi. Arab oilalarida katta avlodga hurmat va ehtirom ko‘rsatish yuqori darajada. Kattalarga nisbatan ovoz ko‘tarilmaydi, ko‘ziga tik qaralmaydi, gap qaytarilmaydi. Erkaklar yoshi kirqqa chiqsa ham, onasining ovozini eshitsa, joyida tek qotadi. Bola tarbiyasida qatiy uslublarning o‘zi yo‘q, faqat bitta shior bor: «Bola-poshsho!» Balalarga hamma narsa mum- kin: ular yangi ta’mirdan chiqqan uyning devorlariga rasm chizishlari, yarim kechagacha uxlamay yurishlari, istagan narsalarini yeb-ichishlari mumkin. Kichkina kizchalarga ham olmos ko‘zli optin taqinchoqlar taqib qo‘yishadi. Kiyimlarni aytmaysizmi, oshib-toshib yotibdi. Ikki yashar qizcha ham quloqlari orqasiga atir surtmay ko‘chaga chiqmaydi, bolalar esa juda yoshlikdan mashina haydashni o‘rganib olishadi. Xullas, pulning ko‘pligi tarbiyaga ham o‘z ta’sirini ko’rsatadi.
Arab oilada o‘rtacha 10 nafardan farzand bor. Bu, albatta, yaxshi. Bunday katta oilada tarbiya ko‘rgan Bola aka-ukalariyu opa-singillariga mehr-oqibatli, oilaviy an’analarga sadoqatli bo‘lib ulg‘ayadi. Arab oilalarida katta avlodga hurmat va ehtirom ko‘rsatish yuqori darajada. Kattalarga nisbatan ovoz ko‘tarilmaydi, ko‘ziga tik qaralmaydi, gap qaytarilmaydi. Erkaklar yoshi kirqqa chiqsa ham, onasining ovozini eshitsa, joyida tek qotadi. Bola tarbiyasida qatiy uslublarning o‘zi yo‘q, faqat bitta shior bor: «Bola-poshsho!» Balalarga hamma narsa mumkin: ular yangi ta’mirdan chiqqan uyning devorlariga rasm chizishlari, yarim kechagacha uxlamay yurishlari, istagan narsalarini yeb-ichishlari mumkin. Kichkina qizchalarga ham olmos ko‘zli optin taqinchoqlar taqib qo‘yishadi. Kiyimlarni aytmaysizmi, oshib-toshib yotibdi. Ikki yashar qizcha ham quloqlari orqasiga atir surtmay ko‘chaga chiqmaydi, bolalar esa juda yoshlikdan mashina xaydashni o‘rganib olishadi. Hullas, pulning ko‘pligi tarbiyaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Lekin baribir qizlar va ugil bolalar tarbiyasida ma’lum. an’analar bor. Qizlarni yoshlikdan boshiga ro‘mol o‘rab, nazokatli bo‘lishga, o‘g‘il bolalarni esa mardlik, jasorat va mas’uliyatga o‘rgatishadi.
BUYUK BRITANIYA: SPORT-TARBIYANING MAJBURIYQISMI
Inglizlar bola tug‘ilgan kundanoq uni jamoat orasiga olib kirishadi. Bu yerda do‘konlarga, kafelarga va boshqa jamoat joylariga ham yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan borish urf bo‘lgan. Juda kichkinaligidan bolalarni suzishga o‘rgatishadi. Inglizlar o‘zlarining ham, farzandlarining ham sochini hech qachon fenda quritishmaydi, hatto ko‘chada bor-yo’g’i bo‘lsa ham. Endi yurishni o‘rgangan go‘dak ko‘chada yalangoyoq chopqillashi, kun sal ilishi bilan darrov kalta ishton va maykalarga o‘tib olishi mumkin. Xullas, inglizlarning o‘ziga xos chiniqtirish us-lubi bor. Oilada bolaga qarash tartibi belgilangan: onalar kunduzi, otalar kechkurun ishdan keyin bola boqishadi. Dam olish kunlari esa kichkintoylar buvi va bobosinikiga jo‘natiladi. Axir ota-onaning ham shaxsiy vaqti bo‘lishi kerak-ku! Maktablarda juda erkin muhit, o‘qituvchilar bolalar bilan tengdoshdek muloqot qiladilar, majburlab doskaga chikarmaydilar, bola o‘zi istasagina, o‘qituvchining savoliga qo‘l ko‘tarib javob beradi. Iliq kunlarda ko‘pincha darslar hiyobonlarda, bog‘larda o‘tkaziladi. Har bir maktabning o‘z futbol, kriket maydonlari, tennis kortlari bor.
XITOY: «INJIQLIK QILMA, INTIZOMLI BO’L“!
Xitoyliklar bolasini uch oylik chakaloklik davridayoq bog‘chaga topshirishadi. Bir yarim yoshdan boshlab, kichkintoylar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni tanishga o‘rgatiladi. Bolalardan injiqlik qilmaslik, intizomli bo‘lish talab etiladi.
Oilada o’g’il tug‘ilsa, chaqaloqqa qizil rangdagi kiyim kiygizilib, bu quvonch barchaga ma’lum qilinadi.
Bog‘chalarda tarbiya bilan birgalik- da jismoniy rivojlanishga katta e’tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Maktabda o‘qish muddati 9 yil bo‘lib, tarbiya jismoniy, intellektual va estetikaga bulinadi. Ta’lim muassasasida darslar kam soatni tashkil etsa-da, o‘quvchining mustaqil shug‘ullanishi uchun ko‘p vaqt beriladi.
Har bir xitoylik o‘z ustida ishlash, tirishqoqlik bilan olg‘a intilishga bolaligidanoq ko‘nikma hosil qilishi kerak.