E`tibor g’alabalarga undamqda
O‘g‘il- qizlarni sog’lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishida Sportning alohida o‘rni bor. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar bugun o‘zining munosib samarasini bermoqda.
Bugun farzandlarimizning sport sohasida erishayotgan yutuqlarida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining munosib hissasi bor. Jumladan, jamg‘armaning Namangan viloyati filiali tomonidan o‘tgan yillar ichida 196 inshoot, ya’ni 17 TIP loyihasi bo‘yicha yangi sport majmualari, 4 ta mahalla bolalar sport maydonlari, 101 ta maktab sport zallari, 14 suzish havzasi barpo etilgan. Shuningdek, mavjud 42 sport inshooti rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 21 milliard 150 million so‘mlik mablag‘ sarflangan.
Qolaversa, 2016 yilda barpo etilgan 13 ta maktab sport zallari va 2 ta BO‘SM jamg‘arma tomonidan 254,5 million so‘mlik sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlangan.
- Utgan 2016 yilda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 300 dan ziyod sport musobaqalarini o‘tkazdik, - deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filiali Direktori Akmaljon Mamadumarov. - Ularda 88 mingdan ziyod yosh sport chilar ishtirok etdi. Ular orasida 37 mingga yaqin qizlarning borligi yanada quvonarli.