Kichkina usta

By Umida Adizova, in 2017

Shirinkulcha, shokolad, qand, zaytun moyi, sovun tayyorlaydigan do‘konlar va har xil ro‘zgor ashyolarini ta’mirlovchi ustaxonalar betartib joylashgan maskanda tirikchiligini o‘tkazayotgan bir tanishimni ko‘rgani borgandim. Topolmadim. Qaytayotib, eshik oldidagi katta taxta sandiq ichida bir bolaga ko‘zim tushdi - pishloqli non bilan pomidor yeyotgandi. Sariq sochlari kirligidan yaltirardi. Qora moyga botgan yuzida yashil ko‘zlari antiqa porlardi.
- Matbaachi akani izlayapsizmi? - Ha...
- Biroz avval qog‘oz kestirgani ketgandi. Kelib qoladi.
Yonidagi bo‘sh taxta sandiqni tuntarib, o‘tirishga taklif qildi. U shunday shirin boqardiki, qanday o‘tirganimni ham bilmay qoldim. Nonidan bir bo‘lak sindirib uzatdi. Qornim - to‘qligini aytdim.
-Qo‘llarim kir bo‘lgani uchun olmayapsizmi? Bizning ishda qo‘lning toza yurishi qiyin- da...
Ustaxonalardan birida shogird bo‘lsa kerak degan o‘yda so‘radim: - Nima ish qilasan?
- Ta’mirlayman, sozlayman...
-Yo‘g‘- ye? Qimirlab kuldi:
Eshitgan odam hayron qoladi. Vaholanki, sentabrda o‘n ikkiga to‘laman... - Ya’ni, ta’mirga oid hamma ish qo’lingdan keladi?
Nega kelmasin? Otamning usta- xonasi bo‘lardi bir paytlari. Ertalab maktabga borardim, tushdan so’ng ustaxonaga.
- Nechanchi sinfgacha o‘qiding?
- Boshlang‘ich ta’limning to‘rtinchi sinfigacha.
- Keyin?
- Keyin onam vafot etdi. Ikki ukam bilan arosatda qoldik. Otam bir yomon xotinga o‘ralashib qoldi.
- O‘qishni yaxshi ko‘rarmiding? Entikib ketdi:
- Juda ham!
- Qaysi kasbni egallashni istarding? - Kema kapitani! Katta dengizlarda, dog’uli, to‘lqinli suvlarda kezishni istardim. Yevropa, Amerikaga ketishni, Nyu Yorkdagi Ozodlik haykalini ko‘rishni istardim. Necha metr u? Kattami? - Bilmadim...
- Robinzon Kruzoni o‘qiganmisiz? - O‘qiganman.
- Kimsasiz orolda qanday yashagan ekan- a? Shunaqasi ham bo‘ladimi? -Bo‘lsa yaxshi emasmi?
- Yaxshi. Yozuvchi shunday o‘ylagandir balki. Yaxshi o‘ylabdi lekin. Nima bo‘lganida ham Robinzonga qoyil. Kimsasiz orolda qo‘l qovushtirib o‘tirmay, ishga tushadi.
Qora moydan kirlangan ro‘molchasini chuntagidan olayotganida, ko‘zim ust kiyimining keng cho‘ntagidagi marmar shishali o‘yinchoqqa tushdi. O‘zi ham buni payqadi. Qo‘liga olib shaqirlatdi:
- Nima qilay, ish, ish, ish... Siqilib ketadi odam. Bo‘sh paytda Otash bilan o‘ynaymiz. Oldingi qatordagi shirin-kulcha tayyorlanadigan do‘konda ishlaydi. Bir mahalladanmiz. Har kuni ishga birga kelamiz. Mening onam yo‘q, uning otasi. Futbol tomoshasiga, kinoga birga boramiz.
- Kinoga tushishni yaxshi ko‘rasanmi yo futbolnimi?
Futbolni ko’proq yaxshi ko‘raman. Lekin ko‘p ham futbol tomoshasiga tushmaymiz. Raqamlangan o‘rindiqlar bizga to‘g‘ri kelmaydi. Ayvondagi o‘rindiqlardan tomosha qilgani bo‘yimiz yetmaydi. Stadion qurayotganda Hech kim bolalarni o‘ylamaydi- da!
Uyoq- buyoqdan uzoq gaplashdik. U har kuni soat beshda uyg‘onishini, gazga choy kuyib, o‘rnini yig‘ishtirishini, bozordan pishloqli non olib, soat oltigacha ukalarining qornini to‘ydirib, olti yarimda ishga shoshilayotgan olomon orasida kemaga chiqishini, yettida Ko’prikka - kelib kechki yettigacha ishlashini aytdi. - Masalan, bir imkon tug‘ilsa- yu, maktabga qaytib borsang. O‘qib, kapitan bo‘larmiding?
Ko‘zlari sevinchdan chaqnadi. So‘ng tezgina so‘nib, bir nuqtaga qadaldi.
- Istayman, ammo... Ukalarim- chi? Dadamga ishonib bo‘lmaydi. Yana bir yomon xotinga o‘ralashib ketsa- chi? Ichimdan nimadir uzildi.
- Mening vaqtim o‘tdi. Ukalarim o‘qiydi endi. Kenjasi kichkina hali. Katta bo‘lsa uni ham maktabga beraman. Unda bir haftada ellik lira topadigan bo‘laman, har holda...
- Ustaxonaning taqir- tuqur shovqini ichida issiq do‘kondan bir kishi bosh chiqardi. Uning ham ustboshi kir, yuz- qo’li badbo‘y is ichida edi:
- Oyxon! Haliyam qorningni to‘ydirmadingmi?
Bolakay sandiqdan chiqdi.
- To‘ydirdim.
- Yeb bo‘lgan bo‘lsang, bor, ishingga qara!
- Ho‘p bo‘ladi, usta...
Bolakay meni ham unutib, yo‘lakning chang- g’ubori ichida chopqillab ketdi. Orqasidan yurdim. Ustaxona derazasidan ichkarini kuzatdim. Bo‘yi yetmagani uchun taxta sandiqni to‘ntarib, ustiga chiqib, tikuv mashinasini sozlar, mashina bolaning qo‘l ostida itoatkor jonivorday yaltirab- yultirab turardi