Insoniylik sabog’i
Dars yakunlanishiga ozgina vaqt qopdi, o‘quvchilar betoqatlanib, Daftar- kitoblarini portfellariga sola boshladilar. Nihoyat qo‘ng‘iroq chalindi. Hamma gur etib eshikka yo‘naldi. Faqat Ali o‘rnidan qo‘zg‘almadi. Bamaylixotir narsalarini yig’ishtirarkan, ahyon- ahyonda ko'z qiri bilan o‘qituvchisiga qarab qo‘yar, sinfdoshlari chiqib ketishini poylardi.
-Tinchlikmi, Ali, - dedi Nurxon muallima. Uyingga qaytmaysanmi? - Sizga aytadigan gapim bor edi, ustoz,-deb javob berdi bolakay yolg’iz qolishgach
-Yaxshi. Nima demoqchisan?
- Ahmad o‘rtog‘imiz bor-ku...
- Ha, nima bo‘libdi, Ahmadga?
- Ularning oilaviy sharoiti og’ir. Onasi xaltasiga tuzukroq yeguliklar solmaydi.
Ho’sh?
- Unga ko‘maklashishni istayman. Ammo men yordam berayotganimni bilsa, unga noQulay bo‘lishi, ranjishi mumkin. Har kuni bir teshikkulchaga yetadigan pul yigib, hafta oxirida sizga bersam, shuni Ahmadga bersangiz, degandim... - Ali shunday deb cho‘ntagidan bir hovuch mayda pullar chiqarib, o‘qituvchining stoliga qo‘ydi.
Nurxon muallima pullarga tegmay, o‘ylanib qoldi. Alining oilasi xam kiynalib yashashini bilardi. Bu tirishqoq o’quvchisi buncha beg’ubor, muloxazali bo‘lmasa-ya?! O‘zi kamxarjgina oilaning bolasi bo‘la turib, ehtiyojmandlarga yordam berishni istaydi. Buning ustiga bu ishini do‘stiga bildirmoqchi emas.
- Bilishimcha, sizlarning ham moddiy ahvolingiz unchalik yaxshi emas, dedi muallima.
- To‘g‘ri, otam mardikor. Ko‘p ham ish topavermaydilar. Ammo darsdan bo‘sh paytlarimda men ham ishlayman. Pul topaman.
- Qayerda ishlaysan? - Hayratlandi muallima.
-Teshikkulcha sotaman.
Nurxon muallima Bu qadar serhimmat bolani ko‘rmagandi. Uni fikridan qaytarish, topgan pulini o‘z extiyojlariga sarflashi kerakligini tushuntirish maqsadida o‘quvchisini gapga soldi:
- Katta bo‘lganingda kim bulmoqchisan?
- Juda ham boy tadbirkor? Qat’iyat bilan javob berdi Ali.
- Nima uchun?
- Insonlarga ko‘proq yordam berish uchun!
- Ajoyib, - dedi Nurxon muallima. - Menga qara Ali, to‘g‘ri, Ahmadning oilaviy axvoli yaxshi emas. Ammo sizlarniki ham ulardan ko‘p fark kilmaydi. Odamlarga yordam berishni xoxlarkansan, shoshilma, katta boy bo‘lganingda muhtojlarga ko‘mak berasan. Bo‘ladimi?
- Bo‘lmaydi, dedi Ali. Hozir qilishim kerak buni.
- Nega bo‘lmaydi?
- Buning uch sababi bor: Birinchidan, menga shu pullarni ato etgan Alloh yaxshilik qilganim uchun meni boshqalarga yaxshi qilib ko‘rsatadi. Atrofimdagilar bundan tasirlanib, ko‘proq teshikkulcha sotib oladilar. Natijada kun bo‘yi harakat qilganlardan ko‘ra ko‘proq daromad olaman. Ikkinchidan, «Niholni qay tomonga eksang, shu tomonga qarab o‘sadi», deyishadi. Hozirdan yaxshilik qilishni o‘rganmasam, katta bo‘lganimda yaxshilik qilolmaymanda. Uchinchidan, ulg‘ayib, boy va ishbilarmon bo’lishni istayman. O‘z vaqtida yetarli sarmoya ajratmaganlar katta ishbilarmon bo‘lolmaydilar. Do‘stimga beradigan ko‘magim mening kelajagim uchun qo‘yayotgan sarmoyamdir..
Nurxon mualima o‘quvchisini diqqat bilan eshitarkan:
- Oxirgisini uncha anglamadim. Biroz ochiqroq gapirasanmi?- deb so‘radi. Ha, dedi Ali. - Hozir boy bo‘lmaganim uchun bir kunda faqat bir dona teshikkulchaning pulidan ortigini boshqalar uchun yerdamga ajratolmayman. Alloh kuchi yetganchalik yaxshilik qilganga jannatni ato etarkan. Hozirgi kuchimga ko‘ra, men uchun jannatning narxi bir teshikkulcha puli- ning mikdorichadir. Agar boy bo‘lolmay vafot etsam, bir nechta teshikkulchaning puli bilan ham jannatga kira olaman. Bundan ham foydali, serdaromad sarmoya bormi?..
Nurxon muallimaning ko‘zlari yoshlandi. Tasdiq ma’nosida bosh irgab, stoli ustidagi mayda pullarni bir- bir to‘plashga kirishdi.