SO`RAGAN EKANSIZ

By Umarali SOBIROV, in 1991

Mast holatda jinoyat qilingan bo`lsa, ayb yengillashadimi? Umarali SOBIROV, Urganch shahri Agarda mast holatda jinoyat qilingan bo`lsa, bunday shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi, balki uni qonun bo`yicha javobgarligini belgilashda va jazo tayinlashda shaxsning aybini og`irlashtiruvchi hol deb topiladi. Ushbu qonun talabi O`zbekiston Respublikasi jinoyat majmuasining 12-bandida va jinoyat muhokama qonunining 39-bandida batafsil ko`rsatib o`tilgan. Savollarga Toshkent shahar Adliya Boshqarmasining katta maslahatchisi O`lmas MIRAHMЕDOV javob berdi. Otmining belni doimo mahkam bog`lab yurish shahvatni hayajonga keltiradi. Ikki oyoqni issiq tutish esa jinsiy aloqaga yordam qiladi, chunki u haroratni badanning tashqi tomoniga yoyadi. Otda doimiy yurish erlik quvvatini kuchaytiradi. O`G`ILMI, QIZMI?
Agar homilador ayol chap tomonidan og`irlik his qilsa, hatti-harakati og`ir va vazmin bo`lsa, qiz tug`iladi. Agar o`ng tomoni og`ir bo`lsa, harakatlari tez va chaqqon bo`lsa, o`g`il tug`iladi. Yaxshi niyat jimo paytida barcha g`am-g`ussadan forig` bo`lib, chiroyli narsaning suvratini ko`z oldiga keltirish zarur, shunda bola chiroyli bo`ladi. Bordi-yu, jimo vaqtida xunuk ko`rinishli suvratni yoki boshqa nar- sani ko`z oldiga keltirilsa, tasavvurdagi narsaga muvofik farzand tug`iladi. Naql qilishlaricha, bir kishi jimo qilayotganda ilon xavfi bor edi va xayolida shu narsa bo`lib, farzand tug`ilganda ilonga o`xshash tug`ildi..YO`TALNING DAVOSI
Bukrot hakim aytadi: «Kimki sholg`omni nonushtada issik-issiq yesa, ko`krakni yumshatadi, yo`talni quvadi, ovozni ochadi. Har kim anjirni qaynatsa va suvini ichsa, yo`talni quvadi, quruqlikni ham quvadi».LUQMONI HAKIM DЕYDI:
Nasihat bobida uch mingta so`z yozdim, uch mingtadan uch kalimani tanlab oldim. Bu uchtadan ikkitasini esda saqla va birini unutib yubor, ya`ni Xudoni va o`lim haqligini yodingda tut, qilgan yaxshiligingni unut! ENG YaXShI DAVO... MUHABBAT
G`arbiy olmoniyalik shifokorlarning aniqlashicha, tumov ayni avjiga chiqqan paytda sevishganlar tibbiy yordam so`rab shifokorlarga kam murojaat qilishar ekan. Bunday kishilardagi a`lo kayfiyat, ehtirosga to`la onlar shamollashning oldini oladigan kortizon garmonining ko`proq ajralib chiqishiga ta`sir qiladi.
- Finlandiyalik ruhiyatshunoslar iztirob, hayajonlar avjiga chiqqan zamonamizda jinsiy aloqa faol muhofaza vazifasini o`taydi, degan xulosaga kelishdi. Ammo tartibsiz va tasodifiy jinsiy aloqalar emas, chunki ular ruhiy xalovatga putur yetkazadi. Italiyalik mutaxassislarning hisob -kitoblariga qaraganda, hozirgi paytda har besh nafar ovrupalikning biri uyqusizlikdan azob chekarkan.. Buning asosiy sababi yolg`izlikdir. Oilaviy hayoti ko`ngildagidek bo`lgan kishilarda esa uyquning tashvishi yo`q.