Ikki siymo e’tirofi

By Mustafo Sаngirov, in 2016

Milliy matbuot markazida "Mumtoz ul abror" masʼuliyati cheklangan jamiyati tashabbusi bilan "Аjdodlar merosi - bebaho neʼmat" mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Ushbu anjumanda olimlar, yosh ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad - Bobur asarlarini oʼrganish, xususan, yoshlarning mumtoz adabiyotga boʼlgan eʼtiborlarini yuksaltirish, ularni bu ikki siymoni nafaqat ijodkor, shaxs va yirik davlat arbobi sifatidagi qilgan ishlari bilan tanishtirish bugungi barkamol avlod tarbiyasida muhim oʼrin tutishi taʼkidlandi.
Yigilish davomida mutaxassislar hazrat Navoiy va Bobur ijodining mazmun- mohiyati haqida maʼlumot berishib, faqatgina oʼzbek adabiyotida emas, balki jaxon adabiyotida ham ulkan siymo ekanini misollar orkali keltirib oʼtishdi.
Shuningdek, olimlar oʼz mulohazalarida koʼshikchilikda mumtoz ijodni ham keng targib etish, uni chuqur oʼrganish va oʼzlashtirish lozimligi xususida soʼz yuritishdi.