Reja va amaliy natijalar muhokamasi
Poytaxtimizning Turin politexnika universitetida Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasining navbatdagi boshqaruv yigʼilishi bulib utdi.
Аnjumanda qoʼmita faoliyati, "Corlom ona va bola yili"da amalga oshirilishi kutilayotgan rejalar, 2016 yil uchun muljallangan ish reja, oʼtgan yil davomida amalga oshirilgan ishlarning natijalari: muammo va yutuklar haqida muhokama va maʼruzalar tinglandi. Oʼndan ortiq dolzarb mavzularni qamrab olgan yigʼilishda 60 nafarga yaqin boshqaruv aʼzolari va 140 ga yakin davlat va jamoat tashkilotlarining masʼul rahbar va xodimlari, xududiy Xotin-qizlar qoʼmitalari raislari ishtirok etishdi.
Аyollar salomatligi, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, iqtidorli yoshlarni ragbatlantirib, fan, taʼlim, adabiyot, sport kabi yoʼnalishlar- da yukori salohiyatga ega boʼlgan qizlarni "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti bilan takdirlash, nufuzli davlat va xorij tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni olib borish, ayollarning xuquq va manfaatlarini Himoya qilish, milliy qadriyatlarimizni va anʼanalarimizni yoshlar ongiga singdirib borish maqsadida Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi kizgin faoliyat olib bormokda. Ushbu jarayonlarning nechogʼlik amalga oshirilganligi, xususan, tizim faoliyatini sarhisob etish, kelgusi faoliyat uchun anik rejalar belgilab olish, oʼzaro tajriba almashish boshkaruv yigilishida muhim ahamiyat kasb etdi.
2015 yil turli yoʼnalishlarda koʼmita tomonidan koʼplab ishlar amalga oshirildi. Xususan, ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yoʼnalishida raislarning malakasini oshirish, boshlangʼich tashkilot faoliyatini kuchaytirishga eʼtibor qaratildi. Аyollarning bandligini taʼminlash masalasida oʼtgan yili respublika miqyosida 404 mingdan oshik ish oʼrinlari yaratilib, kasb- xunar kollejlarini 2015 yil bitirgan kizlarning 94 foizi ish bilan taʼminlandi va kreditlar ajratildi. Yil davomida 40 foiz bolalar va ayollar soglomlashtirildi. Shuningdek, soglom turmush tarzini targib qiluvchi "Gimnastika barcha uchun", "Otam, onam va men sportchi oila" musobaqalari, maʼrifiy sohada "Mahallaning eng orasta qizlari" anjumani oʼtkazildi.
Shuningdek, xalqaro tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar, Latviya, Malayziya, Janubiy Koreya, Germaniya, Gruziya va boshqa shu kabi davlatlarda oʼtkazilgan konferentsiya va seminarlarga xizmat safarlari tashkil etildi. Mana shu koʼrsatkichlarning oʼziyoq qoʼmita faoliyatining oʼtgan yilda nechoklik samarali amalga oshirilganligini koʼrsatib turibdi.
Yigʼilishda Oʼzbekiston Xotin-qizlar koʼmitasi raisi Elmira Bositxonova, masʼul xodimlari soʼzga chikishdi. Maʼruzalarda tashkiliy masalalar, "Keksalarni eʼzozlash yili" Davlat dasturining 2015 yil davomida xotin-qizlar qoʼmitalari tomonidan bajarilishi, koʼmitaning xalqaro munosabatlari haqida va xalqaro tashkilotlar hamkorligidagi loyihalar ijrosi toʼgʼrisida, Zulfiya mukofoti tizimini takomillashtirish yuzasidan hududiy komissiyalar faoliyati, soglom turmush tarzi va sport borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqaro-lar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyat va boshqa masalalar muhokama etildi.
Munozara va elektron takdimot koʼrinishida olib borilgan boshkaruv Yigʼilishi yakunlarida 2016 yil uchun moʼljallangan ish reja tasdiklandi.