Turdibush momoning oilа tutumi
U davrlarda qizlarni erta uzatish urf boʼlganmi bilmadim- u, lekin 17 yoshimda Аbubakir otangiz rahmatliga uzatishgan, deydi oxangaronlik 66 yoshli Turdibush aya Yarashova. Turmush oʼrtogʼim bilan birga bir kam ellik yil bir yostiqqa bosh kuydik. Bir etak farzand ulgʼaytirib orzularimiz ushaldi. Yashashdan maʼno ham shunda. Chunki koʼrmaganlarimizni hech boʼlmaganda nabiralarimiz koʼrayotgani baxtdir.
Аjoyib voqea boʼlgan: yangi kelinman deng. Kaynonam rahmatli epchil ayol edi. Nima ish qilmay yonimda parvona bulib, ishimning kemtigini koʼrsatmasdi. Bir kuni yolgʼiz oʼzim non yopmoqchi boʼldim. Tandirga olov yokib, rosa sovushini kutdim. Non yopsam, ushlamadi. Keyin oʼtirib, yiglab xam oldim. Kaynonam bu ishimdan boxabar boʼlib indamadi. ShunDagina ishning boshini tutishga odatlandim. Yillar oʼtdi. Yetti oʼgʼil, uch kizni dunyoga keltirib kaynonamning orzularini amalga oshirdim. Shunda tushundimki, farzand va nabiralar oilani boglovchi koʼprik ekan, u rishtalarni yanada yaqinlashtirar ekan. Usha kezlari cholim rahmatli maktabda muallim, men esa hozirgilar tili bilan aytganda, kasanachi boʼlib fabrika uchun qoʼlqop tikib roʼzgʼor tebratardim. Undan tashqari, kishlokda mol xam boqardik. Bolalarimiz soglom ulgayishida qaynonamning oʼrni katta. Beshikka solgan ham, ertak aytib allalagan ham, maktabga yul olib, uy vazifalarini bajarishda xam, mening birinchi koʼmakdoshim kaynonam edi. Oʼzining shirin suxbatini, maslahatini bizdan ayamagan. Shundan bulsa kerak, bolalarimizning barchasi oʼqimishli, ziyoli boʼlishdi. Esimda, turmush oʼrtogʼim boshlangich sinflarga ancha yil dars berdi. Oʼsha vaqtlarda maoshi kam boʼlgani bois fabrikaga ishga oʼtib ketdi. Birok boʼsh vaqtlarida bolalar bilan chin dildan shugʼullanar, bor bilimini berishga urinardi.
Mana ikki kizim, kelinim otasining izidan borishib, rӯzgor kemtigi koʼrinmaydi. Gohida taʼlimdagi yangiliklardan aytib kolishsa, oʼzimni boladek his etaman. Kaniydi, shu kunlarni bolalikda koʼrganimda.
Yoshlarimiz xorijlarda taʼlim olib kaytishmokda. Buning barchasi Yaratilayotgan sharoitlardan darak. Oʼqigan odam kam boʼlmaydi. Katta kelinim Gavharhon qishlogʼimizdagi maktab direktori, Oʼzi ham jismiga monand. Oyoq qoʼlli, gapga chechan. Ruzgorni ham tindiradi. Kichik ovsinlariga uch kaynsingillariga opadek bulib ketgan. Qolgan olti nafar kelinimning roʼzgʼori boʼlak. Kattasining qoʼlidaman. Guldek kaftida olib yuradi, umridan baraka topsin. Muxaye, Barno, Sanobar, Gulnoza, Iroda, Shaxnoza opasining izidan borishgan. Kunda, kun ora holimdan xabar olishadi. Аgar biror yigʼin qilsak, 32 nabiram, 4 chevaramning kulgusidan, shirin suhbatlaridan kanАdek erib ketaman. Bejizga oʼrigiDan danagi shirin, deyishmas ekan. Men ham ularga qaynonam tutgan yulni tutaman. Qizlarim Zulxumor,Oramizdagi odamlar
Аziza, Obidaga koʼp tayinlayman: "Intifoq boʼling!" Nabiralarim xam oliy ukuv yurtlarida tahsil olishmokda. Har birining yutuq-kamchiliklarini nazorat qilib boraman.
Darhaqiqat, tumanda oʼzining "Beklar" fermer xoʼjaligi bilan dong taratgan Аvvalbek Yarashov ham ayaning toʼngʼichi. Bugungi kunda koʼp tarmokli fermer xoʼjalikning rivojlanishida oila aʼzolarining bahamjihatligi qoʼl kelmokda. Tumandoshlarini sut va sut mahsulotlari, goʼsht, asal bilan beminnat taʼminlab kelmokda. Fermerning aytishicha, ota-onasidan olgan tarbiya bugun oʼz oilalariga ham koʼchgan: "Farzandlarim, nabiralarim tarbiyasida onajonimdan ibrat olsa arziydi", deydi u.
Oʼzining kamtar va kamsuqumliligi, mehnatkashligi bilan el orasida nom olgan Yarashovlar singari oilalar nafaqat Ohangaron tumanida, qolaversa, yurtimizning har bir goʼshasida oʼzlarining oila maktablarini yaratishgandir.