Otаnggа Bаlli, Аhаdjon!

By Madaminjon Solijonov, in 2016

Katta ishlar katta maqsadlardan boshlanadi. KaxramoniMIZ Аxadjon Kimsanboev ushbu fikrni amalda isbotlay olganlardan. Oʼtgan yili u bir maqsadiga erishdi shaxmat boʼyicha 14 yoshgacha boʼlgan oʼgʼil bolalar oʼrtasida mamlakat chempioni unvonini qoʼlga kiritdi. Аxadjon ayni vaqtda Margilon shahridagi 25-maktabning 6-sinfida taxsil olmokda. U jismoniy tarbiyaga boʼlgan chekSiz qiziqishi sababli ham sportni tanlagan. Аmmo mamlakat chempioni boʼlish Аhadjon uchun oson kechgani yoʼq. Bu xakda uning oʼzi shunday dedi:
-Final bahsida iqtidorli shaxmatchilar juda koʼp edi. Shu bois bahslar murosasiz kechdi. Ustozlarimning koʼrsatmalarini yodga olib, raqiblarimning xatolaridan mohirona foydalana oldim. Ilq bora chempionlik unvoniga sazovor boʼlganim men uchun unutilmas kun boʼlib qoldi. Yurtimizda biz, yoshlarga bu qadar yuksak eʼtibor qaratilayotganidan faxrlanamiz.
Chempionat yakuniga koʼra Аhadjonga birinchilik oltin medali, diplom, kompьyuter va boshka qimmatbaho sovgalar taqdim etildi. Manasinfdoshlari xam, sport maqtabi murabbiylari ham yosh chempion bilan haqli ravishda faxrlanmokdalar. Bizning yoshligimizda
bunday sharoit va imkoniyatlarni tasavvur ham qila olmasdik. Hozir maktabimizda yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo. Shu bois tarbiyalanuvchilarimiz orasida Аxadjon singari oʼz qobiliyat va isteʼdodlarini namoyon qilayotgan yosh sportchilarimiz safi muntazam oʼsib bormokda. Yosh chempionimizni endi xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham munosib ishtirok etishi uchun astoydil harakat qilamiz, - dedi yosh chempionning ustozi, Margilon shaxridagi 2-bolalar va oʼsmirlar sport maktabi murabbiyi Аlisher Rustamov.
Kaxramonimizning muvaffaqiyatiga havas bilan qaraganlar Otangga balli, yanada koʼproq intilgin" degan samimiy niyatlarni tez-tez aytib turishadi. Bu qoʼllab-quvvatlashlar Аhadjonga kuch va shijoat bermokda. Ota-onasining ham undan umidlari katta. Chunki oldinda uni katta marralar kutib turibdi. Xuddi Rustam Kosimjonov singari Oʼzbekiston nomini dunyoga tarannum qilsa, kelajakda yetuk shaxmatchi boʼlib yetishsa, Murabbiylarining niyati ham shu Porloq yoʼldan Аhadjon kabi qobiliyatli, jismonan sogʼlom bolalarning dadil qadam tashlab borayotgani barchamizni quvontiradi.