Hamjihatlik – obodlik kaliti

By Zilola Rаxmonovа …, in 2016

Аsli kasbi tikuvchi boʼlgan Tulgonoy Siddikovani maxalla ahli maslahatchi vazifasiga loyiq koʼrganlarida Negadir ikkilangandi. Sababi mahalladagi 2 ming axoli bilan ishlash oson emasdi. Xozir Korasuv shahridagi «Mustaqillikning 15 yilligi maxalla fuqarolar yigini diniy maʼrifat va maʼnaviy-axlokiy tarbiya masalalari buyicha fidoyilik kursatmokda.
Tolgonay Siddikova. Odamlarning ishonchi keksalarining maslaxati, yurt ishiga shijoat, masʼuliyat bilan kirishadi. Faoliyatining ilk kunlaridanoq masʼuliyatni his etgan holda astoydil mexnat kildi, Mahalladagi har bir oilaga kirib bordi. Maxalla ishiga kirib borgani sari vazifasiga mexri ortdi, atrofidagilarning ishonchini kozondi. Muhimi, Toʼlgʼonoy opa mahalla faollari bilan hamkorlikda oilalarni mustahkamlash, turli illatlarning oldini olish, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash borasida ijobiy natijalarga erishdi. Mahalla hududidagi shaxar tibbiet birlashmasi, kator dorixonalar, toʼyxona, shahar silga qarshi kurash shifoxonasi, «Interagrostar>, <<Barlos asali va boshqa fermer xujaliklari. kator savdo shoxobchalari bilan hamkorlikda mahallani obodonlashtirish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilgan zarur ishlarni amalga oshirishda maslaxatchining alohida xizmatlari bor.
- Mahalla ham bir oiladay gap. Oilaning mustahkam boʼlishida hamjihatlik katta ahamiyatga ega. Men xam maxallada ish tashkil kilishda, avvalo, hamjihatlikni shakllantirishga alohida eʼtibor qarataman, deydi maslahatchi Tolgonay Siddikova.
- Har bir ishda mahalla faollari bilan maslahatlashib, ish tutaman. Аxir, hamjihatlik bor joyda yuksalish, fayz-baraka boʼladi-da.
Darxakikat, uning maxalla raisi Mannobjon Mamajonov, kotiba Gulshanoy Mamazoitova, otinoyi Shahzodaxon Tojiboeva, dasturxonchi Xadichaxon Mamadalieva va boshka mahalla faollari bilan xamjihatlikda olib borayotgan ishlari samarasi ularok, mahalla shahardagi namunali gushalardan biriga aylandi.
Maxallada ayniksa, aholi bandligini taʼminlash borasida ibratli ishlar olib borilmokda. Shu oʼrinda taʼkidlash kerakki, mahalladagi oilalarning aksariyati Hunarmandchilik va tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanadi. Uyda oʼtirgan xotin-qizlar, hunar oʼrganishga kizikadigan yoshlar ularga ustoz-shogird anʼanasi asosida biriktirib qoʼyilgan. Shu bois maxallada deyarli bekor yurganlarni uchratmaysiz.
Jumladan, maslaxatchi Tulgonoy opaning oʼzi ham oilaviy tadbir korlikni yoʼlga qoʼygan. Turmush urtogi Muxiddin aka xamda turt nafar farzandi bilan xonadonida qandolat sexini tashkil etib, novvot va turli shirinliklar tayerlab, el dasturxonini boyitishga hissa qoʼshmoqda.
Xa, faol, fidoyi masьuliyatni his etgan insongina xam oila, ham jamiyat ishiga chin dildan yendashadi. Аtrofidagilarning yuragiga yul topa oladi. Bugun maslahatchi Tulgonoy Siddikova ham ana shunday davrimizning faol va fidoyi aellari katorida samarali faoliyat olib borayotganligi alohida eʼtirofga sazovordir. Mana shunday ayollarimiz bor ekan, yurtimiz yanada obod boʼlaveradi.