Yozmа rozilik bildirish zаrur
Tugʼilishni qayd qilishning qonuniy asoslari haqida toʼliq maʼlumot bersangiz?
Z. Erkinova.
Oʼzbekiston Respublikasining Oila kodeksida keltirilishicha, tugilishni kayd etish uchun tugilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma, ota-onalarining shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi haqidagi guvoxnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda boʼlmagan onaning arizasi takdim etiladi.
Mazkur hujjatlar takdim etilmagan hollarda FHDYo organi tomonidan ariza beruvchiga dalolatnoma yozuvini qayd etish rad qilinganligi haqida asoslantirilgan maʼlumotnoma beriladi.
Tugilishni kayd etish uchun bir oylik muddat oʼtkazib, bola oʼn olti yoshga toʼlgunga qadar murojaat etilgan hollarda tugʼilishning qayd etish rad qilinmaydi va umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bola bir yoshga toʼlgandan soʼng, uning tugʼilishi bola tugʼilgan joyda yoki ota-onasidan birining doimiy yashash joyida qayd etiladi.
Tugrukxonadan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tugʼilgan bolani kayd etish uning shu onadan tugilganligiga guvohlik beruvchilar imzolangan va xudud shifokori yoki felьdsherining imzosi bilan tasdiklangan dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
Tugrukxonadan tashqari joylarda va tibbiy yordamsiz tugʼilgan bolaning tugilganligini tasdiklovchi dalolatnoma tuzilmagan va tugʼilishini qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud boʼlmagan takdirda, bolaning u yoki bu onadan tugilganlik faktini aniqlash qonun xujjatlariga muvofik sud tomonidan amalga oshiriladi.
Tugilishni qayd etish bilan bir vaqtda, nikohda boʼlmagan ota-onadan tugilgan bolaga otalikni belgilash ota va onaning FHDYo organiga birgalikda bergan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Аgar bolaning onasi boshqa shaxs bilan qonuniy nikohda turgan boʼlsa, otalikni belgilash toʼgʼrisidagi arizaga nikohda turgan erning u bilan qonuniy nikoxda bulgan onadan tugʼilgan bolaga nisbatan otalikni belgilashga yoki bolaning tugʼilishini yolgiz ona arizasi asosida qayd etilishiga notarial tasdiklagan roziligi ilova qilinishi yoki u FXDYo organiga kelib, bunga yozma ravishda oʼz roziligini bildirishi lozim. Bunday rozilik FHDYo organi rahbari tomonidan tasdiklanadi.