Jahl va aql orasi
Kunlarning birida idish-tovoqlarni yuvayotganimda tashqaridan qichqiriq eshitildi. Bolalar maydonchasida oʼsmirlar bir-birlari bilan hazillashayotgandir, deb ishimni davom ettiraverdim. Koʼp oʼtmay qichqiriq yanada kattikrok eshitila boshladi. Oynani ochib qarasam, bir ayol qoʼshni xonadonga yugurgilab ketar, uning ortidan esa erkak ham vajohat bilan quvlab borardi.
Kutilmagan xolatga ajablandim-u, oʼzimga oʼzim farzandlariga biror korxol ruy berdimikan, deb oʼyladim. Biroz fursatdan soʼng ayol kishining: "Jon dadasi, xoʼp boʼladi, boʼldi qiling", deb aytgan nolasi yuragimni tirnab yuborgach, tashkariga qarasam haligi erkak ayolini ayamasdan sudrab ketayotgan ekan. Xoʼrlangan ayol qancha eriga yalinib-yolvormasin, uning nolasi va duv-duv toʼkilgan kuz yoshiga biror odam eʼtibor ham bermadi.
Аksincha, hammaning nigohi "tekin tomosha"da edi. Nisbatan yosh boʼlganim uchun yoshi ulug kishilarga nazar soldim va bir sas chiqar, deb umid qildim. Taassuflar boʼlsinki, miq etgan tovush chiqmadi. Аxiyri, chiday olmay, "Bas kilinglar", deb yubordim. Shunda ham haligi beshafqat kimsa xotinini sudrar, "hozir nozirimizni chaqiraman", deganimdan keyingina qoʼyib yubordi. Аtrofdagilarning aksariyati oʼzimiz tinchmiz-ku, oʼzgalar bilan nima ishimiz bor, deya oʼzlarini eshitmaganga solishganiga hayron qoldim. Аxir, kadim anʼanalarga koʼra, bobo-momolarimiz bunday koʼngilsiz voqea-hodisalarga befarq qarashmagan. Yoki boʼlmasa, eru xotin oʼrtasida nizo kelib chikkanida xammaga ovoza qilmasdan kelishish maʼqul emasmi?! Jahlga erk berib, akldan ozmayapmizmi?..
Shu voqeani koʼrib, bir narsani oʼylab qoldim: bizning xalkda "Bir kun urish boʼlgan joydan qirq kunlik baraka koʼtariladi", degan naql bor. Naxotki, bu oddiy tushunchani yoshlarniku kuya turaylik, hatto, koʼpni koʼrgan, es-xushi joyida kattalar ham tushunib yetmasa? Oiladagi xotirjamlik haqida nega unutib qoʼyayapmiz. Baʼzan keksalar duo-nasihat qilsalar "Dunyomiz tinch boʼlsin, yoshlarimizga insof bersin" deganlarini koʼp eshitamiz. Xoʼsh, yuqoridagi vokeada endi kimga insof-diyonat soʼraymiz, ayting