Jamiyat jonkuyari

By Аziza Qobiljonovа, …, in 2016

Har kaysi jamiyatning madaniy darajasi va maʼnaviy barkamolligi - ayollarga munosabati bilan belgilanadi. Chunki oqila ayollarning gʼamxoʼrligi, mexribonligi va qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi maʼnaviy muvozanat, adolat muhiti saqlanib turadi.
Bugun munisa va moʼʼtabar ayollarning hayotimizdagi oʼrni, jamiyatning teng xukukli aʼzosi sifatida davlatimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-madaniy jabhalaridagi mavqei har tomonlama qonuniy ifodalangan. Jumladan, Konstitutsiya va qonunlarimiz inson huquqlari sohasidagi xalkaro xujjatlar kabi xotin-qizlar huquqlarining tengligini mustahkamlaydi. Uzbekistonning oʼziga xos va mos yoʼldan dadil borishi, mamlakatimizdagi moʼʼtadil maʼnaviy muhitning hukm surishi, oʼzbekona qadriyatlarning ulugʼlanib kelishida xotin-qizlarning katta oʼrni borligini hamisha xis etib turamiz.
Istiklol yillarida esa oʼzbek ayoli jamiyatning eng faol aʼzosi sifatida iktidor va imkoniyatlarini namoyon etishiga katta shart-sharoit yaratildi, desak mubolagʼa boʼlmas. Oddiy ziyoli ayol sifatida oʼtgan 24 yil davomida mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama himoyalashga karatilgan yuzga yaqin milliy va xalqaro hujjatlar qabul qilinganini, Bosh qomusimizning 18- va 46-moddalari, Oʼzbekiston Respublikasining Mexnat, Oila kodekslari va boshqa turli meʼyoriy hujjatlar orqali ayollar xukuklari va manfaatlari mustahkamlanganligini qiyosiy tahlil etgan holda juda kadrlayman.
Hayotimizda nimani oldimizga maqsad qilib qoʼymaylik, barcha oliyjanob ezgu niyatlarimizning zamirida farzandlarimizni ham jismonan, xam maʼnaviy jihatdan sogʼlom oʼstirish, yorug kelajagini koʼrish orzusi mujassam. Barkamol avlod tarbiyachisi, deya eʼtirof etilayotgan sogʼlom ayollar butun jamiyat va oilada oʼzining mustahkam oʼrniga ega boʼlmoqda.