G’azabning jilovi qayerda?

By Turonbeka Shаrofutdinovа., in 2016

Paygambarimiz (s.a.v) "Jahlingiz chiqsa, turgan boʼlsangiz oʼtirib oling, oʼtirgan boʼlsangiz yotib oling", deganlar. Barcha koʼngilsiz hodisalar oʼz gʼazabini jilovlay olmagandan kelib chikadi.
... Saidkomil va Layloning turmush kurganiga oʼn yil oʼtsa hamki, xonadonlarida er-xotin oʼrtasida koʼngilxiralik, kelishmovchiliklar boʼlib turardi. Аmmo bu kabi mash-masha va janjallar uydan tashkariga chikmasdi.
Bir kuni ularning toʼqqiz yoshli ugli oʼynagani koʼchaga chiqib ketib, vaqt allamahal boʼlsa ham qaytmadi. Ota-ona xavotirga tushib, uni izlash-di, qoʼni-qoʼshnilardan soʼrashdi. Ikkovining ham ranglari dokadek okarib, yuraklari qoʼrquvdan titrar, koʼllaridan esa hech narsa kelmasdan ikkovlari ham bir nuqtaga tikilishardi.
Saidkomil xotiniga oʼshqirdi: - Аgar kuz tashlab turganingda yukolmagan boʼlardi, senda zigircha boʼlsada, onalik mehri bormi?
Laylo bu gapdan qoni qaynab:
Men ovkat kilayotgandim. Oʼzingiz-chi, televizorning katagiga qamalib olmasdan, u bilan birga oʼtirib Darsini kildirganingizda shunday xolatga tushmasdik, - dedi.
Sen uni tuqqanmisan yoki menmi?
- Bolaga ikkimiz ham birdek javobgarmiz.
- Аgar sen eʼtiborli boʼlganingda, u koʼcha-koʼyda daydib yurmasdi.
Bu gap Layloning yuragiga nishday sanchildi. Аlamiga chidolmasdan bor kuchi bilan erining yuziga tarsaki tortib yubordi. Saidkomil bir dakika uzini yoʼqotib, xotinini kuva boshladi. Yetolmaganidan gʼazabi kaynab, chinkirayotgan bir yarim oylik uglini ikki qoʼli bilan dast koʼtarib, uning ortidan quvdi. Shu on oyogi gilamga ilakishib, chaqaloq koʼlidan tushib ketdi. Dafʼatan qattiq gursillagan tovush chikdi-yu, chaqaloq tak etib yerga tushdi. Laylo dodlab yubordi. Saidkomil nima qilarini bilmay esankirab, koʼz oldi korongulashib uzini yoʼqotib qoʼydi.
Kuni-kushnilar bemahal faryoddan yugurib chikdilar. "Tez yordam" kelib bolani olib ketganida ham Saidkomil kotgan joyida mik etmay turaverdi.
Saidbek dustlari bilan kompьyuter xonada vaqt kanday oʼtganini ham sezmay kolgandi. Ota-onam endi rosa dakki berishsa kerak, deb qoʼrqa-pisa uyga kirganida, onasi bilan ukasi koʼrinmasdi. Dadasi lom-mim demay, bir nuqtaga tikilgancha koʼzini uzmasdi. Hatto, oʼgʼlining kelganini ham sezmadi.
Shifokorlar xulosasiga koʼra, chakalok kattiq zarbadan qulogi kar, koʼzi koʼr, miya faoliyati rivojlanishdan toʼxtagan tashxisi qoʼyildi. U gar-chi soglom tugʼilgan boʼlsa ham, oʼz gazabini boshqara olmagan ota, bitta gapdan kolmagan onasi tufayli yarimjon boʼlib qoldi.