Yuksаk mаnzillаr chorlаyotir

By Feruza NURULLАEVА, …, in 2016

Yuksаk mаnzillаr chorlаyotir
Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga qarashli Respublika tennis turlari boʼyicha bolalar va oʼsmirlar sport maktabi 2013 yilning yanvar oyidan ish faoliyatini boshlagandi.
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʼarmasi tomonidan 1 mlrd. 200 mln. soʼm mablag hisobiga bunyod etilgan mazkur sport maktabida bugungi kunda jami 716 oʼquvchi-yosh sportning tennis va stol tennisi turi boʼyicha muntazam shugʼullanib kelishmokda. Eʼtiborli jihati shuki, tarbiyalanuvchilarning 306 nafarini kizlar tashkil etadi.
Faoliyat boshlaganimizga hali koʼp boʼlmasa-da, sportchilarimiz yuqori natijalarga erishib, maktabimiz nomini yum saltirmokda. Bilasizmi, musobaqalarning tez-tezdan oʼtkazilishi yoshlarimiz orasida sogʼlom muhitning shakllanishiga, soglom raqobatning kuchayishiga, gʼalaba sari intilishga ishtiyoq tugdiradi. Sportchilarimizning har bir yutugʼida, albatta, murabbiylarning ulushi katta boʼlmoqda. Bugungi kunda maktabimizda 16 murabbiy 55 ta guruh boʼyicha sport sirlarini oʼrgatib kelishmokda. Ulardan Oralboy Bekniyazov, Baxtiyor Xangeldiev, Julduz Bektursinova, Meriuet Yesbolova, Venera Taoʼbaeva kabi tajribali ustozlar maktabimiz faxri, desam arziydi, - deydi biz bilan suhbatda oʼkuv ishlari boʼyicha direktor urinbosari Baxtiyor Yelmuratov.
Tennis maktabida 2 ta (tennis va stol tennisi) sport zali, 4 ta ochik, tennis korti hamda ta top urish devori mavjud. Oʼquv mashgulotlari asosan mazkur maktab binosida, 3, 7, 22, 23, 34- maktablarda, shuningdek, 2-bolalar va oʼsmirlar sport maktabining ochik tennis kortlarida olib boriladi.
Yuqori natijalarni qoʼlga kiritgan maktab tarbiyalanuvchilaridan biri 12 yoshli Nasiba Yespolovadir. 2014 yili Osiyo tennis Federatsiyasi tomonidan oʼtkazilgan Xalqaro turnirda u yakka va juftlik bahslarida uchinchi oʼrinni qoʼlga kiritib, musobaqa natijasiga koʼra Oʼzbekiston yosh tennischilar reytin jadvalida 6-oʼrinni egallagan edi. Shuningdek, 2015 yilda esa poytaxtimizda oʼtkazilgan respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi ochiq birinchiligi musobaqasida ikkinchi oʼrinni egalladi va Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzosi boʼldi.
Sport, bir soʼz bilan aytganda, insonni kamolot, barkamollik manzillari sari yetaklaydi. Bu oddiy haqiqatni mazkur tennis maktabi yoshlari chin yurakdan his etib ulgʼayishyapti.