Hayot yo’li ibratli

By Zilola Rаhmonovа, …, in 2016

Inson hayoti davomida kimlargadir yordam berolsa, atrofidagilarning ishonchini qozona olsa, ularga kerakligini his qilsa, demak, uning umri bekor oʼtmayapti. Oramizda shunday insonlar borki, ularning bosib oʼtgan va oʼta yotgan xayot yoʼllari barchaga ibrat boʼlishga arziydi.
... Munavvarxon opani dastlab, bundan bir necha yillar ilgari viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasida uchratgandim. Oʼsha kuni tungi navbatchilikda boʼlgan bu shifokor ayol zimmasidagi masʼuli- YaTNI HIS QIlishini, shirin- suxanligi bilan har qanday dardni yengishga ishontira olishining guvohi boʼlgandim. Bu ayoldagi bemorni oʼz yaqinidek koʼrish, samimiylik fazilatlari kishini oʼziga tortadi.
Munavvarxon Matkarimova ziyoli oilada voyaga yetdi. Otasi Ibrohimjon aka va onasi Аrofatxon opa ziyoli insonlar boʼlgani bois farzandlari uchun ham barcha shart-sharoitlarni yaratib berishdi. Munavvarxon opa hali yoshlik chogidayok: <<Katta boʼlsam, albatta, doʼxtir boʼlaman», deya axd kilardi. Аna shu havas bilan kamol topayotgan boʼlajak shifokor maktabda oʼqib yurgan kezlaridayoq biologiya, kimyo fanlaridan oʼtkazilgan fan olimpiadalarining viloyat, respublika boskichlarida gʼoliblar katoridan joy oldi. Bunday yutuklar intiluvchan kizni tibbiyotning yetuk mutaxassisi boʼlishga undayverdi.
Maktabni tamomlab, Samarqanddagi tibbiyot bilim yurtiga oʼqishga kirgan Munavvarxon xamshiralik boʼlimini imtiyozli tugatdi va Boʼz tumani markaziy shifoxonasining jarrohlik boʼlimida mehnat faoliyatini boshladi. Biroq mohir jarroh boʼlish orzusi, maqsadi uni Аndijon davlat tibbiyot institutiga yetakladi. Sinovlardan muvaf faqiyatli oʼtgan tirishqoq kiz talaba boʼlgach ham ishni tashlab koʼymadi. Oliy dargoxda taʼlim olish barobarida Аndijon davlat tibbiyot instituti klinikasining jarrohlik boʼlimida Hamshiralik faoliyatini davom ettirdi.
Institutni imtiyozli tamomlagan Munavvarxon Matkarimova ustozlari professorlar O. Xolmatov, I. Ibodov, Ya. Oʼrinov kul
ostida jarrohlikning sir- asrorlarini puxta oʼrganib bordi. Institut klinikasida ishlash bilan birga, talabalarga dars berdi.
-Shifokor davo istab kelgan xar bir bemorni oʼz yakin insoniday kabul kilishi kerak. Uning dardi ogir emasligiga, tezda sogayib ketishiga, uni ishontira olishi shart. - deydi Munavvarxon Matkarimova. Chunki tibbiyotda ishonch muhim ahamiyatga ega.
-Oilada sogʼlom muhit har kanday kishining jamiyatda barqaror oʼrin topishiga yordam beradi. Shu maʼnoda oilasi xotirjamligi, axillik muvaffaqiyatlarga zamin boʼlmokda.
Kasbini yurakdan sevgan, unga bor mexrini bagishlay olgan insongina oʼz soxasining fidoyisiga aylanadi. Kaxramonimiz Munavvarxon Matkarimova ham ana shunday kasbiga fidoyi shifokorlardan biri.