Onаsining qizi...
Oʼgʼlim Tursunboy institutni tamomlayotgan kezlari bir qizga sovchilikka borishimni iltimos qildi. Аytilgan joyga kirayotib, beixtiyor ichkarini kuzatdim, hammayoq ivirsib yotar, hovli ham chala supurilgandi. Ustiga-ustak kelin boʼlmishning onasi kiyib olgan koʼylakni koʼrib, kayfiyatim buzildi. Oʼzingiz ayting, yirtiq kiyimda yurish, kaysi ayolga yarashadi?
Uyga kaytib kelgach, oʼgʼlimga nima deyishni bilmay, xunob boʼldim. Rostini aytay desam, oʼsha qizni qattiq yoqtirib qolgan, yolgʼondan maqtasam, erta-indin mening xonadonim ham shu ahvolga tushishi mumkin. Dadasiga yotigʼi bilan tushuntirsam, u kishi ham bosiklik bilan: "Kiz bolani bilasan, ota uyida erkaroq boʼlib oʼsadi, turmushga chikkanidan keyin akli kirib qolar", dedilar. Shundan keyin: "Mayli, oʼzim oʼrgatib olarman", deya toʼyni boshlab yubordik.
"Onasini kurib kizini ol", deganlari rost ekan. Kelinim uy ishlarida uquvsizligi yetmaganday, oʼrgatsam, qovoq-tumshuq qilib, yiga kirib ketganicha kechkurun oʼgʼlim kelganidagina koʼrinish beraigan odat chiqardi. Аsta-sekin uyimizdan baraka ketib, bolamning Taham ishlari yurishmay qoldi. Erka kelinim esa turli bahonalar bilan janjallashardi. Bir gal ularning oʼrtasiga tushib, kelinimga: "Eringizga bunday dagʼal muomala qilmang", desam, menga ham bakirib ketsa boʼladimi... Bu holatni koʼrgan Tursunboy jahl ustida xotinining yuziga tarsaki tortib yubordi. Men esa aralashganimga pushaymon buldim. Shunda ilk sovchilikka borgan kunimning oʼzidayok katta xatoga yoʼl qoʼyganimni tushundim. Biz-ku, dadasi ikkalamiz, kelinimning befarosatligiga koʼz yumardik, ammo oʼgʼlimga jabr boʼldi. Nihoyat, u ham koʼp chiday olmay, ajrashishga ariza berdi.
Hozir Tursunboy 30 yoshda. Maʼlumoti oliy. Toshkent shahri yoki viloyatida yashovchi, xushmuomala, sarishtali 25-26 yoshgacha boʼlgan qizlar chiqsa, kelin qilamiz.