Mehr oilаdаn boshlаnаdi

By Raxima Mаmаjonovа, …, in 2015

Bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolardan biri bu ekologiyaning buzilib borayotganidir. Ushbu jiddiy masalaning yuzaga kelishiga, eng avvalo, jamoatchilik oʼrtasida ekologik bilimlarning yetishmasligi sabab boʼlmoqda. Bu boradagi boshlangʼich bilimlarni bolalarga oiladan singdirib borish, ularni tabiat goʼzalliklaridan estetik zavq olishga, yer, suv, hayvonot va oʼsimliklar dunyosi, oʼrmon va havodan okilona foydalanishga oʼrgatish zarur.
Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, soʼlim daraxtzorlarni, qoya-gʼorlar, xosiyatli oʼt-oʼlanlar, gul-giyoxlarni asrashga, niyati nopok kimsalardan saklashga, toptab, oyoqosti qilmasliklariga alohida eʼtibor berganlar. Аmmo shunday bir davr boʼldi- ki, tabiiy daryolarning yoʼli toʼsilib, sunʼiy dengizlar, suv omborlari qurildi. Maishiy chiqindilar yetmagandek, zavod va fabrikalar ham toza xavoni ifloslantirishga oʼz "hissasini koʼshaverdi. Аtrof-muhitga sunʼiy ravishda taʼsir koʼrsatildi. Odamlar bunday harakatlar oqibatida turli-tuman ofatlar kelib chiqishini hisobga olmagani natija sida yer yuzi ekologiyasi keskin buzilib ketdi.
Keyingi yillarda atrof-muhit musaffoligini saklash, tabiatni asrashga alohida eʼtibor qaratilmokda. Mamlakatimizdagi barcha taʼlim dargohlarida oʼquvchi-yoshlarga bevosita ekologiya bilan boglik bilimlar berib borilmokda. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarda atrof-muhitni, xayvonot va nabotot olamini oʼrganishga qiziqish shakllana boshlaydi. Maktab davrida esa yoshlarimiz "tabiat, jamiyat va inson" oʼrtasidagi mutanosiblikni toʼliq tushunib yetadilar. Аkademik litsey va kasb-xunar kollejlarida olib boriladigan ekologik-xuquqiy taʼlim-tarbiya jarayoni yoshlar xayotida asosiy hal qiluvchi bosqichlardan biri bulib, bu davrda yoshlarimiz tabiatni muhofaza kilish, suv obi hayotdan foydalanishga oid qator qonun va rasmiy xujjatlarning mazmun-mohiyatini kengroq oʼrganadilar. Bu davrda olgan bilimlarini amaliyot bilan bogʼlash imkoniyatiga ham ega boʼladilar.
Shuningdek, har yili maktabga qadam qoʼygan birinchi sinf oʼquvchilari oʼrtasida erta bahorda maktab bogiga koʼchat oʼtqazish anʼanasi yoʼlga qoʼyilmoqda. Oʼtkazilgan daraxtlarga oʼquvchining ismi-sharifi, daraxtning nomi yozilgan taxtacha osib kuyiladi. Maktabni tamomlash arafasida bitiruvchilar oʼzlari ekkan ana shu daraxtlarni "kaldirgoch"lar, yaʼni, birinchi sinf oʼquvchilariga mehr bilan parvarishlash uchun topshiradilar. Bunday ishlar esa albatta, yoshlarda tabiatga mehr uygʼotadi. Keyinchalik ular akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotganida ham bu xayrli ishlarni davom ettirishga harakat qilishadi.
Oʼgʼil-qizlarda atrof-muhitga ana shunday mexr- muxabbat uygotish, oilada ham, taʼlim muassasasida xam ekologik tarbiyani kuchaytirish har birimizning burchimiz. Shundagina tabiatni, ona zaminimizni asrab, uni kelgusi avlodlarga beshikast yetkazib bera olamiz.