Ehtirom va e’tirof
Namangan shahridagi «Paxlavon» sport majmuasida viloyat xokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamkorligida <<Oiladagi osoyishtalikdan dunyo tinchligi sari» shiori ostida sport festivali oʼtkazildi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimining oʼrinbosari, vILOYaT XOTIN qizlar qoʼmitasi raisi Manzuraxon Аzizova, viloyat badiiy gimnastika federatsiyasi masʼul kotibi Ella Vishnyakova va boshkalar Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mamlakatimizda sogʼlom va barkamol avlodni tarbiyalash, bu jarayonda qizlarni ommaviy sportga jalb etish borasida alohida gʼamxoʼrlik koʼrsatilayotganligini taʼkidladilar.
Tadbirda uzining uzoq yillar davomidagi halol, fidokorona mexnati orkali viloyatda jismoniy tarbiya va sportning rivojiga salmoqli hissa qoʼshgan bir gurux faxriylar hamda boks, badiiy gimnastika, taekvondo WTF, shotokan karate-do turlari boʼyi cha respublika, xalqaro musobakalarning golib-sovrindorlari saf tortdilar.
Davlatimiz rahbari tomoniDan 2015 yilning «Keksalarni eьzozlash yili» deb eʼlon qilinishi oilalarimiz fayzi, koʼrki boʼlgan piru badavlat otaxon va onaxonlarimizga boʼlgan yuksak ehtiromning amaliy ifodasidir. Yosh chempionlar yoshi ulugʼ, faxriy sportchilarga homiy tashkilotlarning esdalik sovgʼalarini ulashishdi. Bu esa oʼz navbatida viloyat sportida avlodlar almashinuvi, yuqori marralarni zabt etishdek ezgu anʼanalar bardavomligidan yorqin dalolat.
-Biz keksalarni qadrlab, kamtarona faoliyatimizni eʼtirof etishganidan bagʼoyat xursand boʼldik, - deydi Shokirjon Koraboev. Bayram bahona Habib Usmonov, Lyudmila Muzaffarova, Yurislan Shagiev, Аbduvahob Аbdusattorov, Rashid Bayazitov kabi ustoz-murabbiylar bilan diydorlashib, dildan gurunglashdik. Yurtimiz dovrugʼini xalkaro maydonlarda taratayotgan mard va barno oʼgʼil-qizlarimizning koʼrgazmali chiqishlaridan zavk oldik.
Yurtimizda xotin-qizlar oʼrtasida sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng kamrovli ishlar natijasida birgina Namangan viloyatida toʼrt ming nafardan ziyod qiz badiiy gimnastika bilan muntazam shugullanib kelayotir. Maktab ukuvchi-qizlari, uy bekalari, korxona, tashkilot ishchi-xodimlaridan tashkil topgan <<Fantaziya» jamoasi respublika turnirlarida ham gʼoliblikni qoʼlga kiritmokda.
Festivalda Namangan shahridagi 3-, 19-, Toʼra- qoʼrgʼon tumanidagi 36- sonli bolalar-oʼsmirlar sport maktablari, viloyat markazidagi 1-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvchilarining kompozitsion chiqishlari katta qiziqish bilan kutib olindi.
Аyniqsa, besh yoshga qadam kuygan Roziya Rahmonova va Farzona Oʼrozboeva, Xorazmda boʼladigan respublika umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasidagi Umid nihollari-2015» sport uyinlarida qatnashishi kutilayotgan Ruxsora Satimboeva va Maftuna Karimovalarning xalqa, argimchok, tasma elementlarida bajargan jozibador ijrolari yuqori baholandi.