Hayotiy qadriyat namunasi
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2015 Yil - Keksalarni eʼzozlash yili deb eʼlon qilindi. Bu xalkimiz vakillarini, jumladan, oddiy uzbek ayoli sifatida mening ham koʼnglimni gʼurur Ba iftixorga toʼldirdi. Ota-onani qadrlash, keksalarni eʼzozlash donishmand halqimizning asrlar sinovidan oʼttan sinashta maʼnaviy qadriyatlari sirasiga kiradi.
Ota-ona, nuroniy keksalarning ezgu tilaklari barchaga xamrox boʼlib, xonadonlarga fayzu baraka keltiradi, deya qaralishi ham bejiz emas. Milliy anʼanalarimiz chinakam kadr topgan istiqlol yillarida keksalarga gʼamxoʼrlik koʼrsatish, Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriylarini eьzozlash borasida koʼplab xayrli ishlar amalga oshirildi. Bu saʼy-xarakatlarning hayotiy samaralari mustaqillik yillarida xalqimizning oʼrtacha yoshi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar oʼrtasida esa 75,8 yoshga yetganida ham yorqin aks etib turibdi. Аyni paytda yurtimizda 8 ming 700 nafar 100 yoshdan oshgan qariyalar umrguzaronliq qilayotgani quvonarlidir. Bularning barchasi istiqlol davrida xalqimizning turmush darajasi oʼsib, hayot sifati tobora yaxshilanib borayotganligini anglatadi.
Prezidentimizning 2014 yil 13 oktyabrda imzolagan *1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida"gi farmoni ham keksalarimizga koʼrsatilayotgan oʼziga xos gʼamxoʼrlikning amaldagi yorqin namunasi buldi. Bugungi kunda keksa avlod vakillariga nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy tuzilmalar tomonidan ham moddiy va maʼnaviy koʼmak berilayotgani va bunday ishlar miqyosi kengayib borayotgani eʼtiborga sazovor.
Yoshlarga chin insoniy fazilatlar borasida ibrat kursatishda ham bobo va buvilarimizning oʼz oʼrni bor. Chunki ular kechagi kunni bugungi dorilomon zamon bilan qiyoslay ola- digan, xulosa chiqaradigan insonlardir. Shuningdek, bu betimsol matonat sohiblarining yoshlarimizni bir-biriga muruvvatli, oqibatli boʼlishdek xayotiy qadriyatlarimizga xamoxang yashash, urf-odat va anʼanalarga sadoqat ruhida tarbiyalashda hissasi beqiyos.