Halima muallima
Hazorasp tumanidagi Pichoqchi qishlogʼida umrguzaronlik qilayotgan Halima aya Qalandarova 33 yil yosh avlodga taʼlim-tarbiya berib, bugungi kunda keksalik gashtini surib kelayotir.
- Bir kam sakson yoshga kirdim, bolam, Xudoyimga ming qatla shukr, bolalarimning hammasi oʼzlaridan tingan, uyli-joyli, ishli, rizqi butun yashashyapti,-deydi "Halima momo.
-Umrimning yarmidan koʼpini maktabga bagishlagan boʼlsam, endilikda 38 nevarayu, 64 nafar chevaralarga shodmonlik ulashish bilan bandman.
Shularga endi qoʼlimdan kelgunicha hayot ilmidan saboq berayapman. Oʼgʼil-qizlarimning barisi ham oilada, ham jamiyatda oʼz yoʼlini topib,
el-ulusdan duolar olishmokda. Ulardan yetti nafari Otabek, Tojigul, Qutlibeka, Muhabbat, Shahlo, Bibigul, Barno, shu jumladan, kelinim Zulayxo ham bizning izimizdan borib, istiklol farzandlarini kamolga yetkazishdek masʼuliyatli vazifani uddalashyapti. Nevaram Dilmurod Sultonov esa sanʼat sohasida izlanib, "Nixol" mukofoti sovrindori boʼlgan kuni shunaqa suyundimki, taʼrifga soʼz yoʼq. Shularning zamoni keldi endi. Biz yetolmagan orzularga ular yetishsin!
Prezidentimiz yangi 2015 yilni "Keksalarni eʼzozlash yili" deb eʼlon qilganida Halima ayaning koʼzlariga sevinch yoshlari keldi. "Bunday jannatmonand yurtni bizga Vatan deya ato etgan Yaratganga shukrona boʼlsin!" deya duoga kul ochadi onaxon.