Rejalar, tahlillar va taqdirlar

By Xamroxon Musurmonovа, …, in 2015

Poytaxtimizda Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi boshqaruvining yigilishi boʼlib oʼtdi. Unda "Soglom bola yili"da amalga oshirilgan ishlar keng tahlil etilib, "Keksalarni eʼzozlash yili"ga moʼljalLantan istikboldagi rejalar muhokama qilindi.
Yigilishni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari, Respublika Xotin- kizlar qoʼmitasi raisi Elmira Bositxonova boshqardi.
Boshqaruv aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahar Va viloyatlar xotin-qizlar qoʼmitalari raislari, huquq- tartibot idoralari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirda soʼzga chiqqanlar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoyalash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, onalik va bolalikni muhofaza kilish borasida olib borilayotgan keng koʼlamli islohotlar
bugungi kunda oʼzining yuksak samarasini berayotgani, jamiyat xayotida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi tobora oshib boraetganini alohida taʼkidladilar.
"Soglom bola yili" Davlat dasturi doirasida hotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning ish bilan bandligini taʼminlash. onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning bilim olishlari, intellektual salohi yatini oshirishlari borasidagi intilishlarini roʼyobga chiqarish masalalari boʼyicha Oʼzbekiston Xotin-qizlar qoʼmitasi tomonidan bir kator tizimli ishlar amalga oshirildi.
2014 yilning 21 dekabrida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xamda Xalk deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga boʼlib oʼtgan saylovlarni tashkil etish va oʼtkazish ishlarida xotin-qizlar ham faol ishtirok etishdi. Saylov natijalariga koʼra: parlamentning quyi palatasiga 24 nafar xotin-qizlar saylandi. Ular tarkibida 9 ta fan nomzodi, 7 ta huquqshunos ael mavjud. Mahalliy vakillik organlarida faoliyat yuritayotgan ayollar esa bugungi kunda Korakalpogiston Respublikasi Jukorgi Kengesi, viloyatlar. Toshkent shahar kengashlarida jami deputatlar sonining 23,5 foizdan ortigini, shahar va tuman kengashlarida esa 22 foizini tashkil etdi.
Mamlakatimizda ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar natijasida xududlarda yangi ish oʼrinlari yaratilmokda, tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyetgan xotin-qizlar safi kengaymoqDa. Аyollarni ish bilan taʼminlash xududiy dasturlariga asosan 2011-2013 yillar davomida 1,4 million ish oʼrinlari yaratilgan bulib, bu ish oʼrinlarining yarmidan koʼpi qishloq joylariga toʼgʼri keladi. Har bir hududda kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirish, aholiga maishiy xizmat koʼrsa tishni yoʼlga qoʼyish maqsadida ayollarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan dasturlar natijasida birgina 2014 yilda 468 ming 175 yangi ishchi oʼrinlari yaratilib, aellar uchun yilda vomida 900 mlrd. soʼmdan ortik kreditlar ajratildi.
Kizlarni sportga jalb etish, oilaviy sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng koʼlamli ishlar tufayli jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʼullanayotgan xotin- kizlar safi tobora kengaymoqda. Oʼzbekiston Xotin-qizlari qoʼmitasi tashabbusi bilan anʼanaviy tarzda oʼtkazib kelinayotgan spartakiada va gimnastrada musobaqalarida ishtirok etish istagidagi ayollar soni xam yil sayin ortib bormokda.
Yigʼilishda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarini qoʼllab quvvatlash, maxalla fuqarolar yigʼinlarida aholi va xotin-qizlar bilan ishlashning xalqchil tizimlarini yoʼlga qoʼyish, kam taʼminlangan oilalar qizlarini kasb- xunarga yoʼnaltirish, talaba yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, yotokxonalardagi maʼnaviy muxitni soglomlashtirish, Muruvvat uylaridagi keksalar holidan xabar olish, bu boradagi ishlar koʼlamini yanada kengaytirishda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari qizgʼin muhokama kilindi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Boshqaruv yigʼilishida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʼmitasi raisi Elmira Bositxonova soʼzga chiqdi.