Izlanishlar mevasi
Qizining yuz-koʼzlaridan sezilib turgan quvonch darhol onasiga ham yukdi.
- Tabriklasam boʼladimi, kizim, sinovlarni aʼlo baxoga topshirdingmi? — dedi yaxshi xushxabarni eshitmoqqa choglanib.
Qiz ich-ichidan toshib kelayotgan sevinchini koʼzlari chaknab bayon etdi:
-Ha, golib boʼldim, birinchi oʼrinni egalladim!
Bekobodlik pedagog Saodat Raxmonkulova qizi Nodirabegim Rahmonovaning fizika faniga qiziqishini koʼrib: "Ishqilib, bolaginamning mehnatlari besamar ketmasin-da", degan oʼyda biroz xavotir bilan uning izlanishlarini kuzatardi. Bugungi kunda Bekobod shahridagi Yengil sanoat va xizmat koʼrsatish kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan Nodirabegim oʼz maqsadi sari astoydil intilishdan toʼxtamadi.
- Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda biz yoshlarning bilim olishimiz, har tomonlama yetuk salohiyatli boʼlib ulgʼayishimiz uchun juda katta imkoniyatlar yaratilgan, - deydi Nodirabegim.
-Bundan unumli foydalanayotgan tengdoshlarimiz fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va sport sohalarida salmoqli yutuqlarni koʼlga kiritmoqdalar. Men ham fizika faniga qiziqaman. 2011-2013 yillarda umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkazilgan "Bilimlar bellashuvi"ning viloyat bosqichida yuqori natijalarga erishdim. 2013-2014 oʼquv yilida esa gʼolib boʼlib, maxsus guvohnomani qoʼlga kiritdim. Muvaffaqiyatlarimda ustozim Faxriddin Boyboʼtaevning katta hissasi bor. Bu Fanga kizikishi boʼlgan tengdoshlarim bilan bilimlarimni baham koʼrishimni tavsiya qilib, yangi izlanishlar sari meni ragʼbatlantirdilar.
Nodirabegim aʼlo baholarga oʼqish bilan birga, tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyati bilan ham tengDoshlari orasida ajralib turadi. Bekobod shahar "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining "Matbuot" yoʼnalishi sardori sifatida oʼz tengdoshlari oʼrtasida madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʼtkazishda faollik koʼrsatib kelmokda.
Kaxramonimiz ayni paytda oʼzi tahsil koʼrayotgan kollejdagi fizika fani oʼqituvchisi Sanobar Аkjigitova bilan birgalikda dars ishlanmalarini mukammallashtirish yuzasidan izlanishlar olib bormokda. Maktab oʼquvchilari ishtirokida "Yosh fiziklar" toʼgaragi faoliyatini yuritmoqda.
- Fan olimpadasida qatNashganimda iqtidorli, bilimga chanqoq yigit-qizlar bilan tanishdim, doʼstlar orttirdim, - deydi Nodirabegim Rahmonova. - Ular bilan oʼzaro fikrlar almashib, oʼqishga boʼlgan qiziqishimiz yanada kuchaydi. Endi- likda har bir kunimdan unumli foydalanib, kelajakda fizika faniga yangiliklar kiritib, yurtimiz ravnaqiga oʼz hissamni qoʼshish maqsadida astoydil izlanyapman.