Fаrovonlik gаrovi
Kunlar sovishi bilan koʼpchilik hamyurtlarimiz elektr, gaz yoki boshqa isitish moslamalariga ehtiyoj sezishadi. Yongʼinlarning kelib chikish sabablari tahlil etilganda, aksariyat xollarda ana shunday uskunalardan eʼtiborsizlik bilan foydalanish oqibatida yongin sodir boʼlayotgani aniqlanmokda.
Masalan, oʼtgan yili sodir boʼlgan yongʼinlar tahlil etilganda, ular orasida isitish moslamalaridan noqonuniy va notoʼgʼri foydalanish tufayli koʼplab xatarli holatlar kelib chikkanligi aniqlandi. Tasavvur qiling, ana shu yonginlardan 2 mlrd. 767 mln. 625 ming sum mikdorida zarar koʼrilgan. Eng achinarlisi, insonlar hayoti xavf ostida qolgan va hatto oʼlim bilan bogʼliq holatlar ham sodir boʼlgan. Masalan, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani А.Temur koʼchasidagi J.Olimov, Fargʼona viloyati, Koʼqon shahri, А.Ismoilov koʼchasida yashovchi M.Usmanov, Jizzax viloyati, Zomin tumani Kayirma mahallasida yashovchi А.Аbdurahmonovlarning xonadonlarida qoʼlbola isitish moslamasidan yoki isitish pechlaridan notoʼgʼri foydalanish tufayli kelib chiqqan yongʼinlar uyga jiddiy zarar yetkazish bilan birga, bu xonadonda istiqomat qilayotgan insonlar xayotiga xavf solgan. Bunday koʼngilsiz voqealar respublikamizning boshqa viloyatlarida ham kuzatilgan.
Bundan tashqari, hamyurtlarimiz tomonidan tabiiy gazda ishlaydigan isitish va boshka moslamalardan notoʼgʼri foydalanish va texnik qoidalarga rioya etmaslik natijasida gaz va xavo aralashmasining chaqnashlari, ular okibatida yongʼinlar chiqishi holatlari ham qayd etilmokda. Oʼtgan yili respublikamizda gaz va havo aralashmasining chaqnashlari oqibatida 53 ta yongʼin sodir boʼlgan.
Bunday ayanchli holatlarning oldini olish oʼzimizga bogʼliq. Gaz, elektr va boshqa isitish uskunalaridan foydalanayotganda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilsak, yaqinlarimiz hamda uy-joylarimizni tilsiz yov xavfidan asragan boʼlamiz.