Sabr-qanoatga suyanganlar
Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi "Naqqosh" qishlogʼida istiqomat kilayotgan Sayfullo ota va Roziya aya Hikmatova xonadoniga koʼpchilikning havasi keladi. Tanigan-bilganlar ularning oilasini chinakam halovat Maskani, deya eʼtirof etishadi.
- Hamisha kanoatga suyanganimiz uchun tinchlik-totuvlikda, hamjihatlikda umr kechiryapmiz, deydi Roziya Xikmatova.
-Kolaversa, er-xotin orasidagi ishonch mexr-muxabbat oila baxtining bardavomligini taʼminlaydi.
- Hayotimizdan nolimaymiz. - deydi Sayfullo ota umr yoʼldoshining gaplarini tasdiklab. Xudoga shukr, piru badavlatlik saodatiga erishdik, keksalik huzur-halovati nasib etdi. Farzandlarimiz el koriga yaraydigan, bizga olkish olib keladigan insonlar boʼlib yetishishdi. Bir ota-ona, bir inson uchun bundan ortik baxt boʼlmasa kerak.
Sayfullo ota usta duradgor, Roziya aya esa uzok yillar jamoa xoʼjaligida mehnat qilgan. Otaning el-yurt ravnaqi yoʼlidagi xizmatlari Davlatimiz tomonidan munosib takdirlanib, "Shuxrat" medaliga sazovor boʼlganlar.
Bu nuroniy otaxon va onaxon farzandlarining hammasini oʼqitib, kasbu korli, hunarli kilib voyaga yetkazishdi. Qizlarini elga ibra- tu urnak kilib tarbiyalab, munosib xonadonlarga uzatishdi.
-Аvvalo, ona tarbiyali, andishali, maʼnaviyatli boʼlsin,- deydi Roziya aya, - Kiz bola onasida kurganlarini oʼz feʼliga singdirib, ulgayadi. Okila, pazanda, chevar, rӯzgor ilmi- ni puxta egallagan onalarning qizlari ham xud- di shunday fazilatlarga ega boʼlishadi. Baʼ- zan: "Falonchi ish bilan ovora boʼlib, qiziga eьtibor bermabdi, tarbiyasida oqsabdi", degan gaplarni eshitsam, toʼgʼrisi, jahlim chiqadi, xafa boʼlib ketaman. Аxir, ish, mehnat, pul topish, degan gaplar hamma zamonda boʼlgan, bundan keyin ham boʼlaveradi. Bu baxonalar farzand tarbiyasiga eʼtibor bermaslikka sabab boʼlolmaydi. Men koʼp yillar xoʼjalikda ishladim. Ipak qurti bokdim, ana shu zahmatli mehnatim ortidan obru-eʼtibor topdim. Farzandlarim ham bizlarga qarashishdi, ham oʼqib ilmli, ziyoli insonlar boʼlib yetishishdi. Kizdir-ugildir, bolani mehnat tarbiyalaydi. Har narsada meʼyor boʼlishi lozim. Bolaning, ayniksa, kiz bolaning vaqtini shunday taqsimlash kerakki, bir dakika ham boʼsh qolmasin. Bekorchi narsalarga, bexuda oʼy-xayollarga vakt topmasin. Badiiy kitob oʼqishga ham, maktabdan berilgan darsini tayyorlashga ham, pazanDachiligu tikish-bichishga ham qiz bolani birdek kiziktirish zarur. Unga oddiy uy bekasi deb emas, aksincha, boʼlajak ona, jamiyatning bosh boʼgʼini - oila ustuni sifatida qarab, sixat-salomatligiga jiddiy eьtibor berish zarur.
Xonadon aьzolarining deyarli barchasi xalq xoʼjaligining turli jabhalarida mehnat kilishmokda. Toʼngʼich qiz Inobatxon oliy toifali matematika fani oʼqituvchisi, "Shuxrat" medali sohibasi, Sharofatxon chevar, Shoiraxon, Moʼminaxon, Dildoraxonlar oʼqituvchi, Аminaxon shifokor.
Roziya aya suxbat orasida marxuma kizlari Shahodatxonni yod etib, koʼzlariga yosh oldilar. Shahodatxon opa Buxoro muhandislik texnologiyalari institutida ilmiy xodim sifatida faoliyat koʼrsatgan ekanlar. Oʼgʼillari Umidjon va Umarjonlar ham oʼqimishli, el koriga yaraydigan insonlar bulib yetishishgan.
-Keksalik saodati hammaga nasib etavermaydigan baxt, piru badavlatlikning siri javobi murakkab jumboq, deydi Sayfullo ota.
-Butun hayotingiz davomida yashash ilmini uzlashtirib boraverar ekansiz. Farzandlarning el koriga yaraganini, ularning oilasi tinch ekani, xotirjam yashayotganini koʼrganda Yillar davomida mashaqqat chekib qilgan mehnatlaringiz unutiladi. Keksalik saodati, piru badavlatlik gashti shuda, qizim. Unga erishish oson emas. Buning uchun bolalar tarbiyasiga masʼullik, ularga har jihatdan ibrat boʼlishdek dovonlarni bosib oʼtishga toʼgʼri keladi. Iloxim, xammaga oʼz jufti bilan piru badavlat boʼlish, kusha-karib, keksalik saodatidan bahramand bulib farzandlari, nevaralarining izzat-ikromida yashashdek baxt nasib qilsin!
Bir etak nevaralar, nevara kelin va nevara kuyovlarning baxti-iqbolini koʼrib, ularning muvaffakiyatlaridan koʼngli toʼlib yashayotgan Sayfullo ota hamda Roziya ayaning xonadonidan kaytarkanmiz, koʼnglimiz bir olam havas va ezgu tilakka toʼldi: ilohim, yurtimizda ana shu otaxon va onaxondek piru badavlat keksalar, saodatli xonadonlar koʼpayaversin.