Hаyo yoʼqolsа...

By Shirinxon Moʼminovа, …, in 2015

Juda kadim zamonlarda barcha fazilat va xislatlar - Ilm, Boylik, Kibr, Hayo, Davo - bir oʼrmonni makon tutishgan ekan. Nima boʼlibdi-yu, oʼrmonga oʼt tushib, hamma yoqni alanga qoplay boshlabdi. Fazilat va xislatlar omon qolish uchun turli tomonga qochishga shaylanishibdi. Shunda Ilm aytibdi:
Meni yoʼqotib qoʼysangiz, madrasalardan, taʼlim maskanlaridan izlang, oʼsha yerda boʼlaman.
Boylik debdi:
- Аgar meni koʼrmoqchi boʼlsangiz, saroy va qasrlardan qidiring, shunda topishingiz mumkin.
Kibr aytibdi:
Yoʼqolib kolsam, Boylikning yonida boʼlaman.
Davo debdi:
- Meni shifobaxsh oʼt-oʼlan, dorivor giyohlardan qidiring, yoningizga kelaman.
Hayo esa negadir indamay turganmish. Sheriklari undan nega jim ekanligini soʼrashganida u:
— Аgar meni yukotib kuysangiz, izlab ovora boʼlmang. Chunki bir marta yoʼqolsam, meni kayta xech kaerdan topa olmaysiz, - deya javob beribdi.
Kissadan xissa shuki, barcha narsalarni topishimiz, vaqti soati bilan qoʼlga kiritishimiz mumkin. Lekin, insonning ibo, hayo, andisha, uyat kabi bebaho xislatlari yoʼqolgach, uni qayta topish ancha mushkul. Oʼzining xayosi bilan ibrat boʼluvchi kishilar dunyodagi eng badavlat, boy kishilardan-da martabaliroqdir. Chunki, ulardagi ushbu fazilat faqat oʼzlari uchun emas, balki oʼzgalar uchun ham xush yoqadi.