TAHRIRIYATDAN

By Aziz opa-singillar, in 1991

TAHRIRIYATDAN: Aziz opa-singillar! Ushbu maqolani o`qib, tamom, «Oila va jamiyat» ahli bizni yana paranjiyu chachvonga o`ramoqchi! deb kuyunmang. Aslo ammo maqola muallifining, uningdek minglab, millionlab aka- ukalaringizning ko`nglidan kechayotgan alaminida ozgina bo`lsin, his qiling. Kompartiyaning yovuz niyatlari bois sizning, bizning - ulug` millatimizning aldanib qopganligidan, O`zbek xalqini, uning gul ayollarini ozodlikka olib chiqdik deb, zulmatga, jaholatga, sharm-hayosizlikka giriftor etganligidan bu alam. Biz, tahririyat ahli, Sizni sevamiz. Sizni go`zal, oqila, sog`lom va ayni paytda Iboli ko`rmoq istaymiz. Maqolaning ayrim o`rinlarida achchiq- tiziq gaplar bo`rtibroq ko`rinib ketgan bo`lsa, tushuning. O`ylab ko`ringchi, kimga emas, nega kuyunipyapti!! Paranji muammosi yoqilganidan (70 yildan) buyon birinchi marta ko`tarilayotgani uchun sizga keskinday tuyulishi mumkin.
Gap paranjida emas. Uni yopinish-yopinmaslik har kimning shaxsiy ishi. Siz millatimizning qiyofasini belgilovchi mo`minliknida paranji kabi tashlab yubormasangiz bo`ldi... Shundan tashvishdamiz!