Mahalla jonkuyari
Sahobatxon opa Shokirova oʼzining kuyunchakligi, eldoshlari xizmatiga hamisha shay boʼlganligi bois Namangan shahridagi «Toʼqimachi» mahallasi ahlining hurmatini qozongan.
-Kup yillar «Namangan tekstilь» aktsionerlik jamiyatida ishlaganman. 2006 yildan beri shu mahallaga toʼrt marotaba raisalikka saylandim, - deydi Sahobatxon opa. -Mahalladoshlarimning bunday yuksak ishonchi zimmamga nihoyatda katta vazifalarni yuklaydi. Hudud ahlining totuvligiga, qoʼni- qoʼshnilar oʼrtasidagi oʼzaro ahillik va mehr-oqibatning kuchliligiga koʼpchilikning xavasi keladi. Obodonlashtirish ishlarida umumxalq hasharlari va bayram tadbirlarini oʼtkazishda oʼndan ziyod millat vakillari boʼlgan 3250 nafardan ziyod aholimizning
hamjihatligi yanada yorqinroq namoyon boʼladi. Kolaversa, ezgu ishlarimizni amalga oshirishda xotin-qizlarimizning ham munosib hissasi bor. Ularga xotin-qizlar qoʼmitasi boshlangich tashkiloti raisi Ravzaxon Аkbarova bosh- kosh. Mahallamizda istiqomat qilayotgan 1504 nafar xotin-qizning koʼpchiligi ziyoli, davlat tashkilotlarida mehnat qilishadi. Mahalla tasarrufidagi 22 ta xususiy uy-joy mulkdorlar shirkatining 20 tasini ayollar boshqaradi. Bu xotin-qizlarning jamiyatda nufuzi yuksalib, salohiyatlarini toʼla namoyon etib borishayotganiga kichik bir dalil; xolos. Eng muhimi, xotin-qizlarimiz hunar ortidan insonning roʼzgori but, xayoti farovon boʼlishini tobora teranrok anglab yetishyapti.
«Toʼqimachi» mahallasining kundan-kunga obod bulib borayotganida tadbirkorlik, hunarmandlik va kasanachilik bilan shugullanayotgan xamyurtlarimizning alohida hissasi bor. Аyni paytda xududda 51 ta tadbirkorlik subʼekti faoliyat koʼrsatyapti. Shu kunlarda Lolaxon Toxirova va Havasxon Joʼraevalar maishiy xizmat koʼrsatish va savdo yoʼnalishida tadbirkorlik faoliyatini boshlash arafasida turishibdi. Toʼquvchilik hunari ortidan oilasiga farovonlik olib kirayotgan Zulxumor Yunusova oʼzining uch farzandi va mahallaning 20 nafardan ziyod kizlariga bu hunar sirlarini oʼrgatmoqDa. Mazali pishiriklari, pazandaligi bilan tanilgan Shahnozaxon Madumarova esa bayram kunlari koʼni-qoʼshni qiz-ayollarni yoniga olib, buyurtmalar tayyorlaydi, toʼylar uchun koʼrpa- toʼshaklar qavish bilan shugʼullanadi.
Maxalla esa kundan-kunga chiroy ochib bormokda. Oʼtgan yili Namangan shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bu goʼshada xam oʼz aksini topdi. Bolajonlar uchun bir nechta maydonchalar barpo etildi. Аholining salomatligini asrash, onalar va bolalar sogligini muhofaza qilish borasida ham bir kator ibratli ishlar yoʼlga qoʼyilgan. Аyniqsa, Namangan shahar 1-shifoxonasi va 8-oilaviy poliklinika xodimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar oʼz samarasini bermokda.
-Har bir ayol, har bir ona eng avvalo, oilasi, bolalari tinchligi, tani-sihatligi, kamolini oʼylaydi, - deydi suhbatdoshimiz.
-Yashab oʼtayotgan xar bir kunimiz bizga oʼziga xos saboq beradi. Аgar har birimiz bundan xulosa chikara olsak, tinch oʼtgan har kunimizga shukronalar keltirsak, ertamiz bugungidan-da obod va fayzli boʼladi. Hayotimda kechgan yaxshi-yomon kunlarimda mahalladoshlarimga suyandim. Bundan toʼrt yil avval yolgʼizgina, koʼzimning nuri diydasi uglim Jasurbek dunyodan oʼtdi. Men uchun dunyo torayib kolgandek edi. Аna shunday paytda mahalladoshlarim menga yelka tutishdi, dalda bulishdi, gʼamlarni unutishga undashdi. Ular tufayli hayotga qaytdim. Ulardan bir umr qarzdorman. Shu bois har kuni yaxshi niyatlar bilan ishga kelaman. Nuroniy otaxon va onaxonlar bilan bamaslahat muammolarimizni hal kilamiz. Yangi-yangi ishlar rejasini tuzamiz. Hamjihatlik bor joyda baraka unadi, degan gap bejizga aytilmagan ekan, mahallamiz kundan kunga obod boʼlib bormokda.