Toʼyi qаytgаn qiz

By Qursiya opa, …, in 2015

Turmush oʼrtogʼim uzoq yillar qon bosimi oshishidan aziyat chekib, ikki yil avval insulьtga chalindi. Bu koʼrgulikdan keyin hamshiralik kursini tugatgan qizim Saodat uyda otasini parvarishlay boshladi. Аfsuski, bu ogʼir dard u kishini bu dunyodan olib ketdi. Maʼrakalarini oʼtkazgach, qizimni uzatish taraddudiga tushdik. Toʼy kuni yaqinlashganda qaynonamning ham salomatligi yomonlashib, qazo qilib qolsa boʼladimi. Bundan xabar topgan qudalarimizning kutilmaganda: "Toʼyni belgilangan vaktda oʼtkazamiz, qarshi boʼlsangiz, boshqa kelin izlay kolamiz", degan gaplari meni gangitib koʼydi. Mahallamizdagi keksa onaxonlar bilan maslahatlashsam, "Maʼrakaning muddati uch kun, toʼyni oʼtkazavering", deyishdi. Biroq, boshimizga tushgan mana shunday qora kunda bizga hamdard, yelkadosh boʼlish oʼrniga menga shart koʼyayotgan sinalmagan qudalarga qizimning kelajagini kanday kilib topshirishim mumkin, degan oʼyda toʼyni toʼxtatishga majbur boʼldik. Hamma joydayam shunday, toʼyi qaytgan qiz haqida har xil boʼlar-boʼlmas gap-soʼzlar tarqaladi. Mening qizim ham bu kabi gʼiybatlarga duchor boʼldi. Saodat hozir 29 yoshda. Oyning oʼn beshi qorongʼi, oʼn beshi yorug, deyishadi. Zora, hayotimiz endi bu yogʼiga yaxshi kunlarga boy boʼlsa, kizim baxtini topsa, degan yaxshi niyatda yashayapmiz. Saodatdan boshka farzandim boʼlmagani uchun uni uzoklarga uzatib yuborolmayman. Navoiy viloyatida yashovchi, ishi, uy-joyi tayin, diyonatli inson uchrasa, bizga xabar bersangizlar.