Oila mustahkamligi garovi

By Oʼz muxbirimiz, in 2015

Oila muqaddasligini saqlovchi eng muhim omillardan biri, bu, eng avvalo, ota-onaning tinch-totuv turmush kechirishiga bogʼliq ekanligi hech kimga sir emas. Shuning uchun ham Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy boʼgʼini ekanligi alohida taʼkidlangan. Shu maʼnoda yurt farovonligi, jamiyatimiz rivoji, taraqqiyotida oila mustahkamligi asosiy oʼrin tutadi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatida oila va nikoh masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilayotganligi ham bejiz emas. Maʼlumki, Bosh qomusimizda oilaning jamiyat va davlat muhofazasida boʼlishi kafolatlangan.
-Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi "Аyollar va oʼsib kelayotgan avlod sogligini mustahkamlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgrisida"gi qaroriga asosan oʼrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarida joriy etilgan "Sogʼlom turmush tarzi asoslari va oila" oʼkuv kursi ham yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini yanada kengroq targib etish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish, yigit-qizlarni oilaga tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir.
Eʼtiborli jihati, Samarqand viloyatidagi 170 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejida "Sogʼlom turmush tarzi asoslari va oila" ukuv kursi mashgʼulotlari izchil ravishda tashkil etilgan. Belgilangan 16 soatlik kurs mashgulotlarini kerakli bilim va malaka, shuningdek, katta hayot tajribasiga ega boʼlgan pedagoglar olib borishmokda.
Kolaversa, mazkur kurs boʼyicha oʼtkazilayotgan darslarga tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʼlimlari, xotin-qizlar qoʼmitalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati faollari ham taklif etilib, ochiq muloqotlar uyushtirilib, qonunchilikda belgilangan nikox va oila munosabatlaridagi zarur tartib-qoidalar, ota-onaning oila va farzand oldidagi huquq- majburiyatlari, eng asosiy mezonlardan biri boʼlgan tibbiy koʼrikning ahamiyati xususida yoshlarga mufassal maʼlumot berilyapti.