Sаylov sаrhisobi

By Oʼz muxbirimiz, in 2015

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi buyicha 22 saylov okrugida boʼlib uttan takroriy ovoz berish yakunlari koʼrib chiqildi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulugbek Аbdusalomov 22 saylov okrugining har birida asosiy saylov natijalari buyicha eng kup ovoz olgan ikki nafardan deputatlikka nomzodga takroriy ovoz berilganini maʼlum qildi. Ushbu okruglarda saylovchilar roʼyxatiga kiritilgan 3 million 434 ming 345 nafar saylovchidan 2 million 642 ming 63 nafar saylovchi takroriy ovoz berishda ishtirok etdi. Bu ruyxatga kiritilgan saylovchilarning 76.9 foizini tashkil qildi.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasiga takdim etilgan okrug saylov komissiyalarining takroriy ovoz berish natijalari haqidagi bayonnomalari asosida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasining 22 nafar deputati roʼyxatga olindi. Shu tariqa barcha 135 saylov okrugida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi yakunlandi.
-Shunday qilib, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi natijalariga koʼra, 150 deputat, jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 52 nafar, Oʼzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 36 nafar, Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasidan 27 nafar, Oʼzbekiston "Аdolat" sotsial-demokratik partiyasidan 20 nafar deputat saylanganini maʼlum qildi. 15 deputat Oʼzbekiston Ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan 150 deputatning 24 nafari xotin-qizlardir.