“SMS – to’yni buzdi”

By Abror, Andijon …, in 2014

Nazokat bilan 2012 yilning sentyabrь oyida to‘yimiz bo‘lishi kerak edi. Bir yil avval akamni uylantirganimiz uchun sal qiynalib qoldik va men poytaxtga pul topish uchun ketdim. Bir xovlini ta'mirlayotib, bizlarning osh-ovkatimizga qarashib turadigan Oygul degan kiz bilan tanishib koldim. U adabiyotga ixlosmandligi bois, ayniqsa, bizlar yashayotgan xududning tabiati va shart-sharoitlari haqida so‘rab-surishtirishni yoktirardi. Xullas, biz ularnikida ishni tugatgach, boshka joyga ketsakda, Oygul menga har-har zamonda kungirok kilib, gaplashib turardi. Shu orada qishloqqa qaytib, to‘y hara- katlarini boshlab yubordim. Tug‘ilgan kunimda Nazokat bilan aylangani bokka bordik. Tasodifni qarangki, Oygul ham mening tavallud kunimni bilgani uchun O‘sha kuni telefonda tabriklab SMS yozib yubordi. Bir mahal telefonimdagi tabrikni o‘kigan Nazokatning jahli chiqib, rashki kelib, siz menga to‘ydan avval xiyonat kildingiz, u kim o‘zi, nega tabriklaydi, bir siri bor, deb arazlab ketib kolsa deng. Izidan yetib oldim va "Mana, Oygulning telefoni, ishonmasang uzidan so‘ra, agar oramizda biror gap-so‘z o‘tgan, desa, men..." deb kasam ichishgayam majbur bo‘ldim. Yo‘q, Nazokat baribir kechirolmadi va uyiga borib, to‘yni qaytartirdi...
Xozir aro yo‘lda sarsonman. Taqdirimni bitta SMS bilan burib yuborgan telefon raqamimni o‘zgartirdim. Yoshim 29 da. Ma'lumotim o‘rta, qo‘limda gulday hunarim bor. 25- 27 yoshgacha bo‘lgan, uyim-joyim deydigan, okila kiz bo‘lsa uylanish niyatidaman.