“Bolalarimni o’ylabman-u…”
Sobiq turmush o‘rtog‘im bizni tashlab ketganida 32 yoshda edim, deydi Mohira opa biz bilan suxbatda. - Uch bolam ayni balogat ostonasida turgan, ota-ona mexri, e'tiboriga muhtoj vaqti yengiltabiat bir ayolning nagmalariga uchib, gulday oilasini barbod qildi. Amma-xolalarim yolgizlik keksalikda bilinadi, xozir yoshsan, kuch-g‘ayrating borida ro‘zgor kil, deb nasihat qilishdi. Ammo mening fikru xayolim bolalarimni yedirib-kiydirish, o‘qitish, ularning ko‘ngli o‘ksimasligi uchun yelib-yugurishda bo‘ldi. Shu zaylda kunlar ketidan oylar o‘tib, butunlay tirikchilik tashvishlariga sho‘ng‘ib ketdim. Ikki qizimni uzatib, o‘g‘limni xam uylantirdim. Bunday uylab qarasam, endi yolgizligimni his kilayapman. Kech tushdi deguncha kelinim bilan uglim bolalarini olib, uz xonasiga kirib ketishadi. Bir kuni kushni ayolga, dardkashim ham, dugonam xam mana shu televizor bo‘lib koldi, deb yozgirsam, gazetada "Baxtli buling" rukni bor, shoyad dardingizga malham toparsiz, deb yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi. Yoshim 50 da. Ko‘zimdan, nur, belimdan kuch-kuvvatim ketmasiDan men xam bir insonning xuvillagan dilini obod qilsam, degan niyatda keldim.