Ayollar manfaati doimiy e'tiborda

By Dilorom Matkarimova, …, in 2014

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta'minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilayotganini alohida ta'kidladilar.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, "Obod turmush yili" Davlat dasturida belgilan- gan vazifalarni amalga oshira borib, oilani yanada mustahkamlash, oila va jamiyatda xotin-qizlar roli hamda mavqeini oshirish, ularning ish bilan bandligini ta'minlash, turli soha va tarmoqlardagi faoliyatini munosib rag‘batlantirish, uy-ro‘zg‘or yumushlarini yengillashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida O‘zbekiston Xotin- kizlar qo‘mitasi tomonidan
yaratilgan mablaglar ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat kilayotir. Kasb-hunar kollejini tamomlagan qizlarni ishga joylashtirish, ularning biznes loyihalarini xayotga tatbiq etishga yaqindan yordam berilmokda.
Davlat dasturi ijrosi doirasida o‘quvchi qizlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, bugungi keng qamrovli isloxotlarning tub mazmun-mohiyatiga yoshlarning faol munosabatini shakllantirish va soglom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida ko‘plab targibot ishlari olib borilmoqda. Buni joylarda tashkil etilgan "Orasta qizlar" to‘garaklarining ibratli faoli- yatida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, bir qator ijtimoiy loyihalar amaliyotga joriy qilinayapti. Ehtiyojmand va kam ta'min
ayollarni soglomlashtirish masalalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi, "Sog‘lom avlod" jamg‘armasi, tibbiyot sohasidagi o‘quv dargohlari, Skrining markazlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ayollar va bolalar salomatligi bilan bog‘liq ishlarni tahlil etib borish, KVP va oilaviy poliklinikalar faoliyati, ayollar va bolalar sportini yanada rivojlantirish borasidagi galdagi vazifalar xususida qayd etildi.
Boshqaruv yigilishida kurib chikilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova so‘zga chikdi.