"Bir sog‘lom oila bunyod bo‘lguncha...”

By Nigora Alisher …, in 2014

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Firdavsiy mahallasida shunday nomlangan tadbirda bir sog‘lom oilaning bunyod bo‘lishida jamiyat va uning faollari zimmasidagi vazifalar haqida atroflicha fikr yuritilib, ushbu hayotiy misol orqali ahil oilalar barpo bo‘lishining har tomonlama ahamiyati xususida batafsil so‘z bordi.
Tadbirda tuman xotin- kizlar ko‘mitasi, ichki ishlar bo‘limi va jamoatchilik vakillari, psixolog va shifokorlar, mazkur mahalla ahli, yangi yosh oilalar, turmush kurish yoshidagi yigit-qizlar ishtirok etdi.
Firdavsiy mahallasida. istiqomat qilayotgan 2060 oilaning 35 tasi o‘tgan yil qurilgan yangi oila, mahalladagi 9013 nafar aholining 825 nafari yosh qizlardir. Tadbir davomida bu xududda joylashgan maktablarda olib borilayotgan ma'naviy ishlar, yigit-qizning turmush kurishga tayyorligini o‘rganish, oilada erkak masьuliyati, kaynona-qaynota-kelin munosabatlari, erta nikohning oldini olish kabi mavzularda tahliliy fikr- mulohazalar yuritildi. O‘tgan yili mahallada 4 ta oilaviy ajrimning oldi olingani xam ta'kidlab o‘tildi.
-Tumandagi eng ibratli mahallalardan biri bo‘lgan Firdavsiy mahallasida o‘tgan yili oilaviy ajrimlarning umuman qayd qilinmagani kuvonarli voqea, deydi O‘zbekiston Xotin-qizlar ko‘mitasi bosh mutaxassisi Muhiba Hamidova. Ko‘mita taklif etgan loyiha asosida haftaning har bir kuni biror mavzu doirasida belgilangan.
-Kasbim huquqshunos, nafaqaga chiqqanimdan so‘ng maxallada faoliyat yuritib kelayapman, - deydi Ibrohim aka Nurmuxamedov.
- Mahalla oksokoli, xotin-qizlar ko‘mitasi faollari huquqiy maslahatlar so‘rashsa, beminnat yordamimni ayamayman. Oilada er-xotin o‘rtasida, kaynona-kelin, aka- "ukalar orasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish paytlari, imkoni boricha hayotiy tajribalarga tayanib, ikki tomonni ham murosaga keltirishga harakat qilamiz. Shuningdek, tadbirda tuman xamda Firdavsiy mahallasining ishchi guruhi a'zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil kilinib, kelgusida oilalar mustahkamligini oshirish yuzasidan qilinadigan yangi vazifalar yuzasidan kerakli taklif va tavsiyalar berildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova ishtirok etdi.