PARANJI

By O`ROL O`ZBEK …, in 1991

Bor, - deydi bobolari Xorazmning zo`r, nafasi o`tkir tabiblaridan sanalgan, o`zi ham davrimizning nom taratgan tabibi, sirli muolajalar sohibi, kuchli ekstrasens Madiyor Saloh o`g`li va bir- bir sanay boshlaydi. Madiyor akaning so`zlarini keltirishdan avval, paranji deganda- g`irt ochiq yuzlaringizning qahru g`azab, kamida istehzo bilan nega tundlashayotganligiga diqqatingizni tortsak.
- Paranji deganlari g`irt eskilik sarqiti-ku! Hamma kuladi-ku! Figura naryoqda tursin, yuzimizni ham hech kim ko`rmaydi, buning ustiga ichida kuyib o`lsak kerak, — kulishadi paranji nimaligini bilmay o`sgan, bilishni ham xohlamaydigan naychashimu, jinsi-minsilarga burkangan zamonaviy oyimtillalar yo homuza, yo sigaret tortganlaricha Tasavvurlarida paranji ro`dapolik belgisi!
- Paranjida yursak hamma kuladi, qop-qorong`i, ayniqsa yozda juda issiq bo`lsa kerak, — gumonsirashadi allaqachon lozimiyu rumollarini (kishilar kulmasligi uchun) odatdagiday (aslida odatimizga xilof!) yechib qishin- yozin dildirabgina yuradigan qizlarimiz.
Paranjida qanday ishlaymiz? Hatto yurolmay ham qolsak kerak. G`o`zayam ikki kunda tilib tashlaydi, - deydi qish-yoz daladan beri kelmaydigan yuz-qo`li tilinib, yorilib, kaftlari paxtakor otalariniki yoki akalarinikiday toshqotib ketgan dalachi singillar. Boshqa soha ayollarini aytmay qo`ya qolay. Ammo... Ilgarini - qo`ying, yetmish yil burun hamerlar ahli muslimani bugungiday og`ir ishlarga solmagani, ishlarning og`irini o`zlariga olishini Eslatib o`tsak bo`ladi. Yosh-yalanglarning paranjini yomon ko`rib qolishlariga sabab «xaloskorlar»- imiz kinolarda ko`rsatganidek, kitoblarda yozganidek, bosmachilarning paranjini yopinib xalqqa bosqin qilishining tasvirlanishi emasmi?! «Olovli yo`llar» filmidagi (o`zimiznikilar ishlagan - e!) Hamzaning chaqirig`i, paranjini yoqish lavhalarichi! Holbuki... Holbuki bugun bilsak, «xaloskorlar»- bosqinchilar, bosmachilar esa ozodligimiz, ezgu urf-odatlarimiz, o`zligimiz uchun kurashgan, o`z yurti, yerini himoya qilganlar ekan! Aslida musulmon bosmachilar paranji yopinishni or bilishgan, qizil ayg`oqchilar esa paranji yopinib ish ko`rishdan toymagan ekan! Hamzaning paranjini tashlatib, o`yin- kulgi qilishi yolg`onligi vaqti kelib ma`lum bo`lib qolar. Mashhur «Hujum» harakati ham nimaga hujum bo`lganini, biz bu hujumlardan keyinnimamizdan ayrilganimizni bugun bo`lmasa ertaga anglab yetsak, tushunsak Ne ajab?! Darvoqe, o`shanda (60-70 yil burun) kinolarda ko`rsatilganidek, ota-bobolarimiz muslimalarimizning paranji tashlashlariga nega tish-tirnog`i bilan qarshilik ko`rsatishdi? Bejizgamidi? Nega o`shanda ularning peshonalari tirishib, qoshu uyulgan? Qiziq, hozirgi erkaklarning peshonalari nimadan tirishib nimadan Qosh-qovoqlari uyulmoqda! Bejiz emas ekanligini bugungi fojialarimiz ma`lum qilib turibdi. Yetimxonalar ko`paygandan ko`payyapti, Ajralishlar.... Ko`z yoshlar... O`z- o`zini o`ldirishlar... Paranjiga nima aloqasi bor bularning, deysizmi? Sizningcha, aloqasi yo`qmi? Xo`p, park-panani aytmay, ko`cha- ko`ydagi oshkora quchoqlashishu o`pishishlar-chi? Beti ochiq behayolarning ko`payayotganligi ham yolg`onmi? Hovuzu sayhonliklardagi morj muslimalar ma`naviy beziyonmi? Beziyon bo`lsa shoir nega nadomatlar ila oh urmoqda: Sizning yuzingizdan chimmatni oldik, Iffat pardasini olganimiz yo`q! Hatto «yuz tuman nopok erdin yaxshiroq, Pok xotinlar ayog`ining izi» degan hazrati Navoiy ham morjlarni yoki o`z nomi bilan ataluvchi opera-balet teatrusidagi qariyb qip -yalang`och «Layli»ning oyoq ko`tarib dikonglashlarini ko`rib: «Ko`zim chiqsun seni ko`rgancha bundok!» degan bo`lmasmidilar?!
- O`n to`rt kunlik oyday, deb ta`riflashgan o`tmishdagi muslimalarimizni o`z ash`oru g`azallarida axli shuaro. O`n to`rt kunlik oyga nazar solgandirsiz: oppok, ravshan, nur yog`iladi. Unutmangki, o`sha oy yuzlilar orazlarini bugun siz juda yomon ko`radigan paranji ichinda oqu ozoda, latifu nurlik hamda hayolik saqlagan edilar. Ayol kishining tanasiyu ruhi oydan yaralgan, shul sabab oydan ilohiy nur, kuch- quvvat oladi, deydi inson vujudiyu ruhiyatining sirli tomonlarini chuqur o`rganayotgan Madiyor aka. Oy ko`rdi iborasi ham mohiyatiga ko`ra teran. Quyosh nuri esa ayollarni qoraytiribgina qolmasdan halokatli tasir ham ko`rsatadi. Otning dumidan tayyorlangan chachvon esa quyoshdan, yomon nazardan tashqari, yomon ko`zdan saqlaydi, — deb davom etadi tabib. Zero, ko`z tegmasin deb chaqalog`u yosh bolalar qo`liga ko`zmunchoq bo`yniga tumor taqishlari bejiz emas. Polvonlarning ham ko`zikmaslik uchun qo`ltig`i ostiga tumor taqishlari bekorgami? Dostonlarimizda kuylangan «... bir qarab, talog`ini yorib o`ldirdi» lar ham balki bo`lgan gapdir. - Shubhalanmang, ko`z tegishi, ko`zikish, yomon nazarning inson, ayniqsa, ayol ruhiga, xramasoma- lariga ta`siri juda halokatli. Tasavvur qiling, ko`chadan ketvorgan qaddu qomatli, ravish-raftorli do`ndiq ayol yoki qiz o`tyapti. Yomonroq nazar soldingiz yoki ko`nglingizdan buzuqroq xayol, o`y kechdi. Tikilibroq qaraganmisiz, shu lahza har qanday ochiq ayolning yuzida nimadir lipillaydi, ravish-raftori ma`lum muddat o`zgaradi. Siz yomon nazaru o`ylaringiz bilan uning elektrobio maydoniga, ruhiga ta`sir qildingiz. Ajablanmang, uning ham ko`nglidan ma`lum muddat notuzuk o`y, fikr kechdi. Yomoni ba`zan bu noqis fikr uni anchagacha tark etmasligi, ba`zan, umuman tark etmasligi mumkin. Paranji esa ularni ana shu fojialardan ham asragan.
- Yomon nazar haqida o`ylarkanman, shoirning Gulmat tilidan aytgan: «O`ng ko`zim yor yuzini qo`msar, chapi qumsaydi belroqni» - satrlari tilimda aylanadi. Aziz o`quvchi, ko`cha-kuy va boshqa yerdagi kuzatuvlaringizni tahlil qilsangiz sizga ham tabibning bu xulosalari dahshatli tuyula boshlashi tabiiy. «Xudo tavba, o`zing kechir! » Istig`for keltirdingizmi, endi hadislarga tikilingchi: «Xotinlar erlarining yarim qismidirlar». «Xotinlarda erning haqqi ko`proqdir... Ana endi ayting-chi, yaxshimi sizning yarmingiz»ga ko`z olaytirishsa?! Asrashga haqqingiz bordir. O`qing, o`qiyapsizmi?! Qarang, bobolar nimalarga amal qilgan, siz yana nimalarga haqlisiz? Hatto: Bir odam ruxsatsiz boshqa bir qavmning uyi ichiga qarasa, uy hojisi uning ko`zini o`yib olishi haloldir». Bobomning aytishicha, ilgarilari (ahli muslima paranji yopinadigan mahallar) Zomin ko`chalaridan otda, tuyada o`tgan kishi albatta ulovidan tushib, uni yetaklab o`tishi kerak ekan, bo`lmasa janjal chiqib kaltak yeb qolishi hech gap emaskan, - deydi zominlik Shodmon boboning nevarasi Alibek. Bu mardona mardumning opa-singil yoxud o`z tan mahramini yomon nazardan, nomaxramdan asrashga intilishi, sha`ni, nomusini himoya qilishi iymonliligidan dalolat emasmi?! Zero, «rashk-imondandur» (xadisdan). Yana ul hadisi sharifda yozilishicha, «Begona ayollarga tashlangan har bir shahvoniy nazar shayton o`qidur». Ul o`tkinchi, yo`lovchi hovlidasi (paranjisiz) xotin- xalaj uzra shahvoniy nazar solmasligiga kafolat yo`q. Bas shunday ekan, ahli ayolini, parivash qizini «shayton o`qidan» saqlash, johillik emasdir! «yuzingda ko`z izi bor, senga kim boqdi yorim?!» Qanday ajib tashbehli bayt! Istardimki, u go`zal bayt bo`libgina qolsin. Tilardimki, hech vaqt zavjangizga qarab, Dilingizdan kechmasin bu bayt!
- Paranji yopilmasligidan, ba`zan hatto yarim- yalang`och kiyinishi bilan ayollarimiz, qizlarimiz erkaklar hissiyotini kun sayin beshafqat tarzda o`ldiryapti. Pushti kuyyapti ularning. Tug`ilayotgan bolalarning nosog`lomligida ham shu ta`sir kuchli. Zurriyot maydalashayotir. Menga kelayotgan ko`pgina kasallar ahvoliga, kuzatuvlarimga ko`ra aytyapman bu gaplarni, — deydi tabib. Ayol kishi qancha parda ortiga yashirinsa, shunchalik sirli, latofatli, qo`l yetmas bo`la boradi. "Darvoqe, ilgari paranji ichidagi xonimning yuzi, hatto behos ko`rinib ketgan to`pig`iga ko`zi tushsayoq, yigitlar entikisharkan. Shu qadar hissiyot baxsh etgan paranji. Bugun esa...
- Paranji ayollarimizni turli kasallik, infeksiyadan asragan. Diqqat qilgan bo`lsangiz, ayollar paranjini hovliga yechib, uyga kiradi. Kasallik mabodo ilashgan bo`lsa ham hovlida qoladi. Ma`lumki, paranji ipakdan to`qiladi. Ipakning kiyishga qulayigi ham ma`lum. Xosiyatli, shifobaxsh tasiri esa ko`pchilikka
- endi-endi ma`lum bo`lyapti, — deydi Madiyor aka yana ta`kidlab, — Qolaversa, do`xtirlarning xalatiyu og`iz -burunlarini doka bilan mikrobdan to`sib olishlari paranji chervonning qo`pol ravishda o`zlashtirilishidir. Aytganday, ayollargagina xos ba`zi kasalliklarning paranji ko`magida oson kechishi menga sir emas. Nihoyat, paranji muslimalarni quyosh nuri, yomon ko`z, turli yuqumli kasallikdan - saqlashdan tashqari, yozda saratonu samum, qishda qahraton, qor- yomg`irdan asrashi - yomgirpo`sh vazifasini o`tashi ham sir emas. Qizig`i, u kondensioner — havoni mo`tadillashtiruvchi vazifasini ham bajaradi. Tanadagi issiqlikni yoki sovuqlikni bir xil me`yorda saqlaydi. Shuningdek, tashqi ta`sirni mo``tadillashtirib beradi. Tetiklik, bardam-baquvvatlikni ta`minlaydi, binobarin, umrni uzaytiradi, — deb tugatadi paranjining foydasi haqidagi xulosalarini Madiyor aka. Men paranjining foydalaridan so`zlayotgan Madiyor akadan ham ko`ra undan foydalangan momolarimizga, shumi qat`iy talab qilgan mardona bobolarimizga qoyil qolaman, Aslida, eng qoyil - qoladigani - paranjining o`zidir. Shunday emasmi? Shunday bo`lsa, bu koni foyda meros sizga qachon asqotarkin aziz ochiq yuzli ayollar, ko`zi ochiq (rostdanmi?) qizlar? Sarlavhaga ko`zi tushgan (yuzi ochiq-ku!) aksariyat qiz- juvonlarning peshonalari tirishishi, hatto er, ota, akalarning-da qovog`i uyulishi turgan gap. «Sira yopinmaymiz!»— deydi bir ovozdan qiz-juvon, xotin-xalaj. «Es-xushi joyidami o`zi! » - deya shubhalanishadi erkaklar ham. Yigitlar: «Bo`lmagan gap– deyishianiq, qizchalar esa qo`llarini paxsa qilganichaqarg`ashi,«Endikeksalar « qiyin...»- deya qo`l siltashi, kampirlar xo`rsinib qo`ya qolishlari mumkin. Nega shunday? Nega hamma paranjini bunchalik yomon ko`radi?! Ayniqsa, paranjini umrida ko`rmaganlarning qahri g`azabini! Shunchalik yomonmi u?! Yomon bo`lsa, necha yuz yillar davomida muslimalarimiz tomonidan nega yopinibnega yopinib kelindi? Ba`zi Islom mamlakatlarida nega to hanuz uni yopinishadi va sira tashlamoqchi emaslar? Foyda-ziyoni qanchalik o`zi uning? Foydasi bormi?