Barkamollik ostonasi
Har bir ota-ona farzandlarining har tomonlama soglom va barkamol, yetuk inson bo‘lib voyaga yetishini istaydi, xayotining mazmunini ular kamolida ko‘radi.
Odatda, kishilar salom-alikdan so‘ng, inson uchun eng kadrli ne'matlar xaqida so‘z ketarkan, deylik, hamsuhbatining kancha boyligi borligini so‘rashdan ko‘ra, "nechta farzandingiz bor?" deb so‘rashni afzal biladi. Chunki farzand ota-onaning borlig‘i, oila gultojidir.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, uning sog‘ligini asrab- avaylash masalasi mustaqillik yillariga kelib davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Shu maqsadda respublikamiz miqyosida keng kamrovli izchil islohotlar amalga oshirilmoqdaki, buning xayotiy misollarini ayni paytda har birimiz ko‘rib, mohiyatini chuqur his qilib turibmiz.
Oddiy misol, bugungi kunda eng chekka qishloqlardagi tibbiyot muassasalari ham zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlanganligi "Sog‘lom ona sog‘lom bola tamoyilining hayotga keng tatbiq etilayotganligini yana bir karra tasdiklamoqda. Ayniqsa, tug‘ish yoshidagi onalarning xomiladorlik davri va tug‘uruq jarayoniga katta e'tibor qaratilmokda. Tug‘uruqdan keyin ayol o‘z sog‘ligini to‘la tiklab olishi, bolani e'tibor bilan parvarishlashi uchun uzok muddatli ta'til belgilangani ham ana shunday g‘amxo‘rlikning yana bir ifodasidir.
Albatta, soglom bolaning tug‘ilishi va voyaga yetishida ota-onaning tibbiy bilimlardan zarur darajada xabardorligi, tibbiy madaniyati yetarlicha rivojlangan bo‘lishi xam xal kiluvchi ahamiyatga egadir. Chunki tibbiy madaniyati yukori bo‘lgan kishilar o‘zi va farzandining sog‘ligiga aslo beparvo bo‘lishmaydi. Buni hayotda, o‘z ish jarayonimizda doim kuzatish mumkin. Shu bois boshqarmamiz mutaxassislari tomonidan joylarda olib borilayotgan huquqiy targibot tadbirlarida aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar katta o‘rin tutmoqda.