Mustahkam himoya timsoli

By Hoshim Orzikulov, …, in 2014

Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, respublikamizning barcha tuman va shaharlaridagi ichki ishlar bulimlari tasarrufidagi pasport bulimi va bo‘linmalarida tegishli elektron kurilmalar hozirlanib, biometrik pasportni tayyorlash va fuqarolarga berishning zarur choralari ko‘rilayotir. Samarkand viloyatining Nurobod tumani ichki ishlar bo‘limining pasport bo‘linmasida xam bu borada ishlar qizgin.
-Tuman aholisini mazkur muhim hujjat bilan ta'minlash buyicha ikki bosqichli tartib yo‘lga qo‘yilgan, - deydi tuman IIB pasport bo‘linmasi boshlig‘i Zafar Yucynon, Birinchi boskichda tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlariga, xorijga chiqayotgan, muayyan yoshga to‘lgan, qonunda nazarda tutilgan fuqarolarga, ikkinchi bosqichda esa belgilangan tartibga ko‘ra, barcha fuqarolarga beriladi.
Yangi biometrik pasportning amaldagisidan farqi shundaki, u elektron ma'lumotni tashuvchi qurilmaga ega.
Shu bilan birga, pasport blankasining himoya tizimi kuchaytirilgan, bu o‘z navbatida hujjatni qalbakilashtirishning oldini oladi. Shuningdek, pasport blankasining ichki tarkibiy qismida ham bir kator o‘zgartirishlar mavjud. Biografik ma'lumotlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiDa, fotosurat esa bosmalash yuli bilan kiritilishi hamda laminasiya plyonkasining ximoya tizimi takomillashtirilgani shular jumlasidandir.
Ayni kunlarda tuman fuqarolariga, birinchi galda ilk bor pasport olayotgan 16 yoshga to‘lgan yoshlarga biometrik pasport topshiryapmiz. Bir suz bilan aytganda, tumanda biometrik pasportni joriy etish ishlari belgilangan tartiblarda faol olib borilmoqda.
Fuqarolik pasporti gurur va iftixorimizdir, u bizlarni dunyoning istalgan xududida xam uzbekiston Respublikasi qonunlari bilan himoyalaydi va har doim bu bekiyos xujjat mustaqil yurtimiz davlatimizning erkin fuqarosi ekanligimizni yaqqol anglatib turadi.