Mahallada qadriyat yashar
Odamlar diliga yul topa bilgan inson kup ezgu ishlar kila oladi.
-15 yildan buyon maxalla raisi bo‘lib faoliyat yuritayapman, bu xududning har bir xonadoni menga qadrdon bo‘lgani kabi, har qadami, xar bir giyohigacha dilimga yakin,- deydi Chirchiq shahridagi 15-sonli "Adolat" mahallasi raisi Mariam Daminova.
-Mahalladoshlarimiz shu yillar davomida doim mening qanotimga aylanishgan, desam mubolaga qilmayman. Albatta, bu maskanda katta-kichik yumushlar ko‘p, hamjihatlik bor joyda Hammasini oson uddalash mumkin. Shu tufayli obodonlashtirish ishlari, turli tadbir va uchrashuvlar ham doim samarali olib boriladi. Shu qutlug‘ maskanda bir- birimizni qo‘llab-quvvatlab guzal xayot kechirmokdamiz. Shahardagi aksariyat uylar kup kavatli imoratlar bo‘lib, turli millat vakillari bir ota-onaning farzandlaridek ahil yashaydilar. Mahallamizda 1358 ta oilada 4299 nafar aholi istiqomat qiladi. Ochig‘i, ba'zida ko‘p qavatli uylarda yashovchilar bir-birini unchalik bilishmaydi, deyishsa hayron qolaman. Bizning mahallamizda bunday xolat deyarli kuzatilmaydi biz tez-tez dildan suhbatlar, hasharlar uyushtirib turamiz. Ayniqsa, yoshlarimizni yaqinroq do‘stlashishlari uchun sport musobaqalari tashkillashtiramiz. Farzandlarini barkamol bo‘lib o‘sishlari uchun har bir ota- ona bolalarini turli to‘garaklarga jalb etishgan.
Ayni paytda sport sohasida katta yutuqlarga erishgan mahalladoshlarimiz kupligi bilan har birimiz, ayniqsa, yoshlar bexad faxrlanishadi. Komiljon Sodikov boks bo‘yicha Idiya Ibragimova kurash bo‘yicha Markaziy Osiyo va O‘zbekiston chempionlari sifatida shuhrat qozongan. O‘n bir yoshli Artyom Mengliev Italiyada o‘tkazilgan raks bo‘yicha tanlovda tengqurlari orasida birinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Anvar Isroilovlar oilasining shaxmat bo‘yicha viloyat miqyosida ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgani ko‘pchilikni kuvon- tirdi. Xullas, mahallamizni "chempionlar mahallasi", desak yanglishmaymiz.
Hozirgi kunda ta'lim maskanlarida "Oila-maktab-mahalla" dasturi asosida ish olib borayapmiz. 9-sinf bitiruvchilarini kasbga tugri yunaltirishda ota- onalar bilan maslahatlashib, bolaning xohish-istagiga qiziqamiz. U kelgusida taxsil oladigan kasb-hunar kolleji to‘g‘risida batafsil maьlumotlar beramiz. Hududimizda joylashgan tikuvchilik hamda xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalarga kollej bitiruvchilaridan bir necha nafari ishga joylashdi.
Maxallamizda har haftaning chorshanbasini "Sog‘lomlashtirish kuni" deb belgilaganmiz, bu ishga nafaqat ayollarimiz, shuningdek, maktab ukuvchilari ham jalb etilmokda. Ota-onalarning o‘zlari oila a'zolarining salomatligiga jiddiy qarashi, bir so‘z bilan aytganda, ularning tibbiy madaniyati o‘sgani bunday tadbirlar uyushqoqlikda o‘tishini ta'minlamokda.
Keksami-yoshmi, barchaga birdek mehr qo‘yganimiz bois jamoamiz bilan ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishib kelayapmiz. Masalan, 2006 yili "Namunali mahalla raisi" ko‘rik-tanlovida viloyatda 1-o‘ringa loyik topildik va mahallamizga kompьyuter takdim kilindi, 2008 yili "Kadriyatlar beshigisan, aziz mahallam" respublika ko‘rik-tanlovida 1-o‘ringa sazovor bo‘lganmiz, 2013 yili "Namunali mahalla" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faol katnash-
dik. Maxalla maslahatchilari Barno Umarboeva, Kristina Soy hamda boshqa barcha faollarimizning jonkuyarligi, xar bir xonadonga dildan yaqin bo‘lib ish tutishlari tufayli mahallamiz kundan- kun fayzli va farovon bo‘lmoqda.