Uzviy munosabatlarni ta'minlash
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z kuyi tuzilmalari bo‘lgan boshlangich tashkilotlar faoliyatini bosqichma-bosqich kuchaytirishga alohida e'tibor karatib kelmokda va ayni kunlarda bu jarayonning yangicha usullari tizimga yo‘naltirilmokda.
Yaqinda "Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va "Sog‘lom bola yili"da amalga oshiriladigan ishlar" mavzuida o‘tkazilgan seminarda vazirliklar va korxonalarning xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raislari ishtirok etdi.
Tadbirda boshlangich tashkilotlarni umumiy tarzda yoki xududlarga taksimlagan xolda emas, balki tarmoq va sohalardagi boshlang‘ich tashkilotlarga aloxida e'tibor qaratish, ularni o‘zlari faoliyat yuritayotgan tizimlarda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoyalashga doir islohotlarni keng ko‘llashi, targ‘ib etishi, shuningdek, "Sog‘lom bola yili" da onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va ularni soglomlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishi yuzasidan vazifalar belgilandi.
Shuningdek, boshlang‘ich tashkilotlarning raislarini amaliy seminarlar, davra suxbatlari va o‘quvlar orqali tajribasini yanada oshirish, markaziy va hududiy qo‘mitalarning boshlangich tashkilotlar bilan uzviy munosabatlarini ta'minlashga ham alohida ahamiyat qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova ishtirok etdi.