Murabbiylik saboqlari

By Gulrux Muminova, …, in 2014

Qizlarga noma'lum imzo bilan yozilgan maktublar sinfda o‘zaro mish-mishlarning bolalashiga olib keldi. Bir necha qizning sumkasida o‘z-o‘zidan sevgi izhorlari-yu va turli gaplar bitilgan maktublar paydo bo‘lib qolardi. Qizlar hayron, Yigitlar jim. Yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bu gap juda tez tarkaldi, Hamma o‘zicha fikr bildirar, bu qizlarning sha'niga yanayam ogirrok botardi. Gap sinfdan tashqariga chiqib ketdi. Shu bois maktabning xotin- qizlar qo‘mitasi rahbari bu masala bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishdi. Sinfdagi qizlar bilan alohida, Yigitlar bilan ochiqchasiga gaplashib olindi. Bu mish-mishlarga o‘z vaqtida chek kuyilishi qizlarning sha'ni bilan boglikligi alohida ta'kidlandi. Ochik suhbatlardan so‘ng "sir" ochildi. "Oshiq uzokda emas, shu sinfning o‘zidan chikdi. Uning ismi Hech kimga oshkor etilmadi. Sinfda tushuntirish ishlari kuchaytirildi, kizlarning ko‘ngli xotirjam tortdi.
- Bu kabi vokealar maktab xayoti, ayniqsa, balog‘at yoshidagi qiziqqon o‘smirlar uchun xos, - deydi Kattakurgon tumanidagi 43-umumta'lim maktabi boshlangich xotin-qizlar kumitasi raisi Mahbuba Tog‘aeva.
- Lekin shunday ekan, deya ko‘l qovushtirib turish yaramaydi. Ba'zida qizlar bilan o‘z onalaridan ham yaqinrok kishi sifatida suhbatlashsam, yigitlar bilan do‘sti, sirdoshidek gaplashishimga to‘g‘ri keladi.
Kizlarning iqtidorini namoyon qilish, ularning ma'naviy dunyokarashini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan ko‘plab tadbirlar o‘tkazib turiladi. Har bir tadbir mutaxassislar ishtirokida olib borilayotgani o‘kuvchilarning qiziqishlari ortishiga sabab bo‘layotir. KVP shifokor va hamshiralari, mahalla faollari, otinoyilar ishtirokida davra suhbatlari, "Kamolot" yetakchilari tomonidan yoshlarning qiziqishi e'tiborga olinib, turli aksiyalar o‘tkazilmokda.
Maktabda kizlarning yoshiga qarab sinflar o‘rtasida "Orasta qizlar" to‘garagi faoliyat ko‘rsatadi. Tozalikka rioya kilishi, odob-axloqi bilan boshqalarga namuna bo‘ladiganlar shu to‘garak a'zolari sifatida qizlar o‘rtasida targibot ishlarini olib boradilar.
Maktabimizda 410 nafardan ziyod kizlar ta'lim-tarbiya olishmokda, ularning har tomonlama dunyokarashi keng bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida doiMo jamoatchilik bilan hamkorlikda ish yuritayapmiz. Quvonarlisi, kizlarimiz orasida bilim olishga, o‘z ustida ishlashga intilayotganlari, fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida qatnashib, yuqori natijalarni ko‘lga kiritayotganlari ko‘paymokda.