“Birdamlik” ning ibratli ishlari

By "Oila va …, in 2014

Mahalla ahlining kelgusida ham ahil bo‘lib yashashi hozirda xonadonlarda kamol topayotgan farzandlarimiz tarbiyasiga bog‘liq, albatta, - deydi Bekobod shahridagi "Birdamlik" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Komiljon aka Xolmatov. - Bilasiz, mahallalar madaniyat va ta'lim-tarbiya o‘chog‘i sanaladi. Bizning hududda yettita millat vakillari inoq bo‘lib yashaydi. Bu maskanda tez-tez turli tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazib turishning yana bir jihati bor, ya'ni mehr-ko‘zda, deb bejiz aytishmaydi. Farzandlarimiz bir- biri bilan doimiy muloqotda bo‘lishsa, fikr almashishsa, oralaridagi do‘stlik yanada mustahkamlanadi. Shuningdek, yoshlarimizni keksa avlod vakillari bilan uchrashtirib, hayotiy tajribalari haqida o‘rtoqlashamiz, bu bilan kadriyatlarimizni ulug‘lash ko‘nikmalarini mustahkamlashga ham harakat kilamiz. Ayniqsa, 94 yoshli G‘ofurjon ota Sadiev kabi nuroniylarimizning o‘gitlari har bir mahalladoshimiz uchun kadrli, ular o‘z hayotlarida bu ibratli amallarga rioya qilishsa sira kam bo‘lishmaydi.
Hamjihatlikda yashab, har doim o‘zimizning kadrdon go‘shamiz - mahallamizni obod qilishni fuqarolik burchimiz deb hisoblaymiz. O‘tgan yili mahallamizdagi Istiklol va Oxunov ko‘chalari, ta'mirtalab yo‘llar homiylar ko‘magida asfalьt qilindi, 400 tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida har bir oila baxoli kudrat hissa qo‘shdi. Mahalla ahli bilan kelishgan holda, haftaning shanba va yakshanba kunlari hashar uyushtiramiz. Hududimizda joylashgan bir kator Yirik korxona va tashkilotlarning xomiylik yordamlari kam ta'minlangan oilalarga kuvonch ulashmoqda. Yaqinda ehtiyojmand oilalardan biriga homiylar yordamida qoramol berildi.
-"Orasta qizlar" ko‘rik-tanlovi, "Mening mahallam tarixini o‘rganaman", "Sport va biz" kabi musobaqalarga ota- onalarimizning o‘zlari bosh-qosh bo‘lishyapti,- -deydi mahalla maslahatchisi Karima Tojiboeva. - Yosh o‘g‘il-qizlarimizning sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishi har birimizning hayot mazmunimizga aylangan. Ayni paytda mahallamizda 2140 nafar aholi 601 ta oilada tinch-totuv istiqomat qilishmoqda. Mahallamiz hududidagi kollej bitiruvchilarining asosiy qismini ish bilan ta'minlashga erishganmiz. Maktab, kollej o‘quvchilarining davomati, darslarni o‘zlashtirish darajalarini muntazam o‘rganib, tahlil etib borayapmiz. To‘y- hashamlarni ixcham o‘tkazish, erta va karindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olishda ham jamoatchilik bilan bamaslahat ish yuritilyapti. Bu borada mahallaning mas'ul kotibi Erkinoy Boynazarova, posbon Zokirjon Tojiboevlarning ham xizmati katta.