Men eng baxtli onaman!
"Yil ayoli" tanlovining respublika boskichi golibi, Andijon viloyati Asaka tibbiyot kolleji Direktorining oʻrinbosari, bolalar shifokori Nargiza Sattorova sha'niga mexribon ona, sarishtali uy bekasi, sadoqatli yor degan ta'rifu tavsiflar kup bora aytilganiga guvoxmiz.
Nargizaxon bolaligidan shifokorlikni orzu kildi. Shu maqsadda oʻqib-oʻrganishDan, izlanishdan tolmadi. Talabalik davrida ustozlari koʻmagida oʻz mutaxassisligi boʻyicha tibbiyot ilmini puxta egalladi. Institutni muvaffaqiyatli tamomlab, Asaka tibbiyot kollejida yoshlarga saboq bera boshladi. Shu bilan birga "Kamolot" YoIH etakchisi, boshlangich xotin-qizlar tashkiloti raisi kabi vazifalardagi jushkin faoliyati bilan barchaga ibrat koʻrsatdi. Ayni paytda mazkur kollejda oʻquv ishlari buyicha direktor oʻrinbosari sifatida yosh avlodni har tomonlama etuk insonlar kilib tarbiyalash ishiga munosib hissa qoʻshib kelayotir.
Uning tashabbusi bilan 2012 yilda kollej bitiruvchilarining ish bilan bandli gini ta'minlash maqsadida kollej koshida "Tibbiyot ka- malagi" xususiy unitar korxonasi tashkil etildi. Tikuvchilik yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan ushbu korxonada ayni paytda 11 nafar kiz ish oʻrniga ega boʻldi.
Nargizaxon nafakat jamoada, balki tuman va viloyatda ham keng jamoatchilik e'tirofiga sazovor boʻlib kelmokda. U 2011 yili tumanda "Yilning eng yaxshi oʻqituv- chisi" koʻrik-tanlovida tuman boskichida birinchi oʻrinni, 2012 yilda esa boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti raisi sifatida Xotin-qizlar koʻmitasining eng namunali boshlangich tashkiloti" koʻrik-tanlovining respublika boskichida faxrli 1-oʻrinni egalladi.
2013" tanlovidagi hayajonli daqiqalarni haligacha unutolmayman, - deydi Nargizaxon Sattorova biz bilan suhbatda,
- Respublikamizning tadbirkoru ishbilarmon ayollari, bilimdon, salohiyatli olimalari orasida qatnashib, golib boʻlishdek faxrli baxt menga nasib etganidan kuvonchim cheksiz. Biz ayollarga xayotning barcha jabhalarida faol ishtirok etib, yurtimiz ravnaki yulida mexnat kilishimiz, oilamizdan koʻnglimiz toʻq boʻlib yashashimiz, bir suz bilan aytganda, baxtli boʻlishimiz uchun barcha imkon eshiklari ochiq. Shu bois men dunyodagi eng baxtli xotin- kizlar ham bizning ozod va obod Uzbekiston aellaridir. deb bilaman. Mustaqilligimizning ilk kunlaridanok Prezidentimiz rahnamoligiDa mamlakatimizda xotin- kizlar masalasiga alohida e'tibor qaratilib, istiklol yillarida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning haq-xukuklarini himoyalash borasida koʻplab xayrli ishlar amalga oshirildi. Ayollarning qadr-qimmati ulugʻlandi, uning xar bir ezgu ishi, tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanishi uchun huquqiy asoslar yaratilgan. "Yil aeli" taklovi esa intiluvchan ayollarning mehnatlariga e'tibor hamda ragbat namunasidir.
Nargizaxon nafaqat jamiyatda faol, balki oilada ham ibratli uy bekasi. Umr yoʻldoshi Baxodirjon bilan farzandlarini yaxshi tarbiyalab, voyaga etkazishmokda. Samimiyati, mexribonligi bilan ota- onasi, kaynona-qaynotasiga mexr-oqibat, hurmat koʻrsatib, ularning duolarini olib, obru topayotir.