Tаqdirni аyblаmаylik
Huzurimizga kelgan bir Yigit bir yarim yilcha avval uylanganligini, fakat kelin bilan sharʼiy nikoxdan oʼtishganini, yaqinda farzandi tutilganligini, bolaga esa hali tugʼilganlik haqida guvohnoma ololmayotganligini aytdi. Tabiiyki, biz nega shu vaqtgacha nokonuniy yashashi sababini surishtirdik.
Onamning qarindoshlari boshka tumanda yashaydi, dedi u xijolat aralash. Biz oilada uch ugilmiz, onam bitta bolamga qarindoshimning qizini kelin kilaman, deb niyat qilgan ekan. Bu mening chekimga tushdi. Raʼyimga qaramay, togʼamning qiziga unashtirishdi. Men keskin qarshilik qilib, qarindoshga uylanmasligimni aytib, hatto, ikki yil boshka shaxarda ishlab xam yurdim. Bu orada onam vafot etdi, shundan sung bunda oʼzimni aybdor seza boshladim. Xullas, uyga qaytdim va tuyga rozilik berdim.
- Umr yoʼldoshim aklli, fahm-farosatli ayol, u bilan totuv yashayapMIZ. Lekin farzandimiz nogiron, u xozirgi kunda shifokorlar nazoratida. Ular bu holni yaqin qarindoshlar oʼrtasidagi nikohning okibati, deb aytishdi.
Ikki oʼt orasida qoldim, xotinim bilan ajrashishga yigitlik gʼururim yoʼl qoʼymaydi, qoʼlida nogiron bolamiz bor, axir. Biroq, keyingi farzandimiz tugʼilsa, kanday boʼladi, shuni uylab uyimga yetolmayapman...
Xar bir ota-ona oʼz farzandiga doimo yaxshilikni ravo koʼradi. Baьzi ota-onalar oʼzi bilmagan, sinalmagan kizni kelin qilishdan koʼra, kuz oldida katta boʼlgan eng yaqin karindoshining qizi (yoki oʼgʼli)ni kelin-kuyovlikka ravo koʼrishadi va buni yaxshilikka yoʼyishadi. Tugʼilajak nevaralarining sogligini esa takdirga havola etgan boʼlishadi. Shifokorlarning taʼkidlashicha, bunday nikohdan tugʼilgan ayrim farzandlar ruhiy, genetik kasalliklarga chalinish ehtimoli yuqori ekan.
Bu kabi noxush holatlarning boshka bir salbiy jihati ham bor. Yaʼni yaqin qarindoshlar nikohidan nosoglom tugilgan bolalar tufayli opa-singillar, aka-ukalar alal-okibat yuz koʼrmas boʼlib ketishayotganiga xam guvohmiz.
Shunday ekan, ushbu dolzarb masalada farzandlar sogʼligini taqdir izmida deb oʼz xatomizdan forig boʼlishga haqqimiz yoʼq.